Edinburg universiteti rahbariyati öz vaqtida tibbiyot fakultetida tahsil olgan 7 nafar talaba qizga ularning ölimlaridan keyin universitetni tamomlaganlik haqida diplom topşirişga qaror qildi. Bu 150 yillik tarixiy adolatsizlikni tuzatiş maqsadida amalga oşirildi. 

1869 yilda universitetga öqişga kirgan va keyinçalik “Edinburglik yettiligi” kabi ma'lum bölgan qizlar Buyuk Britaniyada tibbiy ta'lim olişga qöyilgan ilk ayollar bölgan.

Qizlar öqiş vaqtida erkak öqituvçilar va talabalar tomonidan doimiy va oçiqça tahqirlaşga duç kelganlar. Pirovard natijada universitetning öşa vaqtdagi rahbariyati qizlar oliy ta'lim haqida rasmiy hujjat olmasliklari uçun bor imkoniyatni işga solgan.

Keyinçalik ayollarning oliy ta'lim olişga huquqi uçun kuraş milliy miqyosga yetgan va 1877 yilda tegişli qonunçilik qabul qilingan. 1,5 asrdan keyin adolat tiklanib, “yettilik”ka atalgan diplomlar tantanali marosim vaqtida universitetning 7 nafar ayol bitiruvçisiga topşirildi.

“Biz bugun bu ayollarga tegişli darajalar berilişidan juda xursandmiz. “Edinburg yettiligi” töqnaş kelgan tahqirlaş şubhasiz tarixda qoldi, biroq bugungi kunda ham iste'dodli odamlarga universitetlarda muvaffaqiyatlarga erişişda tösqinlik qiluvçi köplab tösiqlar mavjud”, deb aytgan oliy ta'lim muassasasi vitse-prezidenti Piter Metison.