Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Elektron tijorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat töğrisida”gi 613–II-son Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanişi mumkin.

Quyidagilar elektron tijoratning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş erkinligi;

elektron tijoratda bitimlar tuzişning ixtiyoriyligi;

elektron tijoratda iştirok etiş şaroitlarining tengligi;

elektron tijorat sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş;

hujjatlarni, şu jumladan elektron hujjatlarni (xabarlarni) bir xillaştiriş;

axborot xavfsizligini ta'minlaş;

tovarlarning (işlar va xizmatlar), tegişli sifatini ta'minlaş;

elektron tijorat sohasidagi oçiqlik, şaffoflik va aniqlik.

Elektron tijorat iştirokçisi Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat sohasidagi faoliyatning istalgan turlari bilan şuğullanişi mumkin.

Elektron tijorat iştirokçisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişda, şu jumladan axborot tizimlari, kommunikatsiya texnologiyalari, elektron tölovlar tizimlari, sotiladigan mahsulot (işlar, xizmatlar) turlarini tanlaşda, uning narxini va sotiş yönalişlarini belgilaşda, şuningdek, tovarlar (işlar, xizmatlar) uçun tölov şakllarini tanlaşida davlat organlari va ular mansabdor şaxslarining aralaşuviga yöl qöyilmaydi, Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Elektron tijoratda bitimlar ixtiyoriy asosda tuziladi.

Elektron bitim şartlari tomonlarning xohişiga köra belgilanadi, tegişli şartning mazmuni Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida közda tutilgan hollar bundan mustasno.

Elektron tijorat iştirokçilari va davlat organlari elektron tijoratning barça iştirokçilari uçun xizmatlardan teng foydalaniş şaroitlarini yaratişga majbur.

Elektron tijoratda foydalaniladigan hujjatlar özaro bir xillaştirilişi kerak.

Hujjatlarni bir xillaştiriş elektron tijorat sohasidagi vakolatlangan organ tomonidan davlat organlari bilan birgalikda, elektron hujjatlar (xabarlar) bilan özaro almaşiş, ularni qayta işlaş va saqlaş şakllari, standartlari, texnik yöriqnomalari va tavsiyalari, tartibi yoki reglamentini belgilaş usuli yordamida amalga oşiriladi.

Elektron tijorat iştirokçilari özaro kelişuv asosida özlariga tegişli hujjatlar şakllaridan foydalanişlari mumkin, agar bu vakolatlangan organ tomonidan belgilangan hujjatlarni bir xillaştiriş metodlariga va Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan normalarga zid bölmasa.

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirişning huquqiy, iqtisodiy, taşkiliy, texnik va boşqa şart-şaroitlarini yaratişga yönaltirilgan.

Quyidagilar elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari hisoblanadi:

elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş;

biznesni innovatsion rivojlantiriş uçun qulay muhitni yaratiş, elektron tijoratni rivojlantiriş uçun zarur texnik va logistik infratuzilmani şakllantiriş;

elektron tijorat sohasini rivojlantiriş maqsadida investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qiliş uçun qulay şaroitlarni yaratiş;

elektron tijorat iştirokçilari özaro hamkorligining yangi va samarali şakllarini rağbatlantiriş, zamonaviy biznes-modellarni joriy etiş;

elektron tijorat operatsiyalarini himoya qiliş, işonçliligini va xavfsizligini ta'minlaşda elektron tijorat iştirokçilariga yordam körsatiş çoralarini köriş;

tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uçun zarur bölgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, işlab çiqariş-texnologik, ilmiy-texnik va boşqa axborot bilan ta'minlaş;

iste'molçilar huquqlarini va elektron tijorat sub'yektlari manfaatlarining himoya qilinişini ta'minlaş;

elektron tijorat sohasidagi kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, ilmiy-texnik tadqiqotlarni rağbatlantiriş;

elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlik qiliş, elektron tijoratdan foydalangan holda mamlakatning eksport salohiyatini oşiriş.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Vakolatli organ:

elektron tijorat sohasida davlat siyosatining amalga oşirilişini ta'minlaydi;

elektron tijorat sohasida davlat dasturlarini şakllantiradi va amalga oşiradi;

elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni işlab çiqadi va tasdiqlaydi;

elektron tijoratni kompleks rivojlantirişni ta'minlaş doirasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlaştiradi;

manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi hujjatlarni bir xillaştiriş çoralarini köradi;

elektron tijoratni rivojlantiriş uçun şaroitlarni yaratiş böyiça takliflar işlab çiqadi;

elektron tijorat iştirokçilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çoralar köradi;

elektron tijorat sohasini innovatsion rivojlantiriş ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xodimlarning malakasini oşiriş tizimini şakllantirişda iştirok etadi;

elektron tijorat töğrisidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun servislarni yaratiş maqsadida biznes-operatorlar uçun tavsiyalar işlab çiqadi;

elektron tijorat sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etiş, rivojlantiriş va integratsiyalaşuviga kömaklaşadi;

elektron tijorat sub'yektlariga xizmat körsatiş maqsadida logistika infratuzilmasini rivojlantiriş çoralarini köradi;

manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida elektron tölovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy qiliş va ommalaştiriş çoralarini köradi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transçegaraviy elektron tijoratni rivojlantiriş çoralarini köradi;

elektron tijoratni, şu jumladan transçegaraviy elektron tijoratni rivojlantiriş maqsadida xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni örnatadi;

xalqaro elektron tijorat almaşinuvini, turli mamlakatlar yoki mintaqalar bilan hamkorlik qiliş, transçegaraviy elektron tijoratning xalqaro qoidalarini işlab çiqişda iştirok etadi va elektron imzolarni xalqaro e'tirof etişga yordam beradi;

elektron tijorat doirasida amalga oşirilgan tranzaksiyalar va bitimlar töğrisidagi örnatilgan tartibda olingan umumlaştirilgan axborotni e'lon qiladi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida tadqiqot va monitoringni taşkil etadi, elektron tijorat hajmlarini hisobga olişni taşkil etiş çora-tadbirlarini köradi;

elektron tijoratda sotişda muomaladan çiqarilgan yoki muomalasi çeklangan tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxatini tasdiqlaydi.