Kiriş: Ekranda birinçi köringan mahsulot qanday tanlandi?

Smartfoningizni qölga olib, doimiy foydalanadigan marketpleys ilovasini oçasiz va «köylak», «poyabzal» yoki «smartfon» deb qidirasiz. Bir sekundda ekranda bir neça önlab mahsulot paydo böladi. Baʼzilarida «Top tavsiya», «Eng köp sotilgan», «Tez yetkaziladi» kabi jozibador yorliqlar turadi. Köpçiligimiz şu birinçi qatordagi tovarlarni körib, tanlaş jarayonini boşlaymiz.

Demak, ekranda mahsulotning qayerda va qanday körinişi oddiy texnik masala emas - u xaridorning yakuniy tanloviga bevosita taʼsir qilişi mumkin.

Lekin oddiy va jiddiy bir savol tuğiladi: Bu mahsulotlar nima sababdan bizga tavsiya etilyapti? Ular rostdan ham butun bozordagi eng arzon, eng sifatli yoki xolis xaridorlar bahosini olganmi?

Platformaning mahsulotlarni qaysi ketma-ketlikda körsatişi isteʼmolçi tanloviga kuçli taʼsir qiladi. Foydalanuvçi bir neçta platformadan foydalansa ham, unga qaysi mahsulot birinçi körsatilişi muhim.

Bu masalaning dolzarbligi raqamli savdoning tez kengayayotgani bilan yanada ortmoqda. 2024-yilda B2C elektron tijorat hajmi 4,12 trillion dollarga, onlayn xaridorlar soni esa 2,5 milliard kişiga yetgan. Özbekistonda ham elektron savdo va internetdan foydalaniş kengayib borayotgan bir şaroitda, ekrandagi «tartib» oddiy texnik vosita emas: mahsulotning qaysi örinda körsatilişi xaridor eʼtiboriga, sotuvçining savdosiga va raqobat şaroitiga taʼsir qilişi mumkin.

Raqamli platforma oddiy dökondan nima bilan farq qiladi?

Marketpleys faqat savdo maydoni emas. U bir vaqtning özida törtta rolni özida mujassam etadi:

  • bozorni taşkil etadi va ilova orqali kiriş darvozasini nazorat qiladi;

  • içki qoidalarni belgilaydi va qaysi tovar qidiruv oynasining yuqorisida turişini hal qiluvçi algoritmlarni yozadi;

  • özining tölov va kuryerlik tarmoqlarini joriy qiladi;

  • öz mahsulotlari (xususiy tovar belgilari) bilan maydonga kirib, mustaqil tadbirkorlar bilan ayni bir xaridor uçun raqobatlaşadi.

Obrazli qilib aytganda, raqamli platforma bir vaqtning özida ham maydon egasi, ham qoidalarni belgilovçi hakam, ham şu maydonda töp tepayotgan manfaatdor öyinçiga aylanadi.