Qanday qilib onlayn olingan tovarni qaytariş mumkin?
|13:057678 min
Onlayn olingan tovar nuqsonli bölsa yoki rasm va tavsifga mos kelmasa, sotuvçidan uni almaştirişni yoki pulni qaytarişni talab qiliş mumkin. Sifatli, lekin ölçami yoki rangi töğri kelmagan tovarni 10 kun içida almaştiriş mumkin. Mos tovar bölmasa, pul qaytariladi. Kosmetika va mebel kabi ayrim tovarlarni esa sifatli bölsa, na qaytarib, na almaştirib bölmaydi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Tovarni qaytarişning qanday şartlari bor?
Tovarni qaytariş şartlari uni nima uçun qaytarilayotganiga qarab farq qiladi. Masalan, kelgan mahsulot eʼlondagi tavsifga mos emas yoki sifatli bölsa ham, xaridor uni almaştirmoqçi.
Tovarni qaytariş sababi
Nimani talab qiliş mumkin?
Muddat
Qaysi qonunda?
Tavsif yoki namunaga mos kelmaydi
Almaştiriş yoki pulni qaytariş
Qonunda alohida kunlik muddat belgilanmagan
«Elektron tijorat töğrisida»gi qonun, 26-modda;
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun, 28¹-modda
Nuqsonli
Almaştiriş, nuqsonni bepul bartaraf etiş, narxni kamaytiriş yoki pulni qaytarib oliş
Almaştiriş uçun 7 kun, qöşimça tekşiruvda 20 kun, ayni tovar bölmasa 1 oy
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun, 13–14-moddalar;
«Elektron tijorat töğrisida»gi qonun, 26-modda
Sifatli, lekin mos kelmadi
Almaştiriş; kerakli tovar mavjud bölmasa pulni qaytariş
10 kun
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun, 18-modda
Mavzuga oid
Xaridorning aybisiz yetkazilgan zarar yoki tovarni tekşiriş uçun qadoqni oçiş qaytariş huquqini çeklamaydi.
Sifatli bölsa-da, qaytarib olinmaydigan va almaştirilmaydigan tovarlar röyxati:
dori vositalari va tibbiy buyumlar;
şaxsiy gigiena vositalari;
pardoz mahsulotlari;
metrlab sotiladigan töqimaçilik va quriliş materiallari;
içki kiyim, paypoq va qölqop;
oziq-ovqat bilan boğliq polimer buyumlar;
maişiy kimyo vositalari;
mebel;
zargarlik buyumlari;
avtomobil va mototransport vositalari;
kafolat muddati belgilangan texnik jihatdan murakkab maişiy tovarlar;
hayvonlar va ösimliklar.
Biroq uşbu tovarlarda nuqson aniqlansa, xaridor uni bepul tuzatişni yoki uni tuzatiş uçun qilgan xarajatlarini qoplaşni talab qilişi mumkin.
Marketpleys orqali olingan tovarni kimga qaytariş kerak?
Agar tovar nuqsonli bölsa yoki eʼlon qilingan tavsifga mos kelmasa, sotuvçidan almaştirişni yoki pulni qaytarişni söraş mumkin. Murojaat marketpleys ilovasi yoki saytidagi qaytariş funksiyasi orqali yuboriladi. Biroq qaytariş tartibi va tovarni topşiriş usuli platforma şartlariga qarab farq qiladi.
Uzum Market, Wildberries, AliExpress, Ozon yoki boşqa marketpleyslar orqali xarid qilinganda, tovarni sotuvçi va platforma operatori bir xil şaxs bölmasligi mumkin. Şu sababli xaridor buyurtma maʼlumotlari yoki elektron çek orqali sotuvçini aniqlaşi kerak.
Masalan, Uzum Market'ning maʼlumotnomalar qismida tovar va pulni qanday qaytariş şartlari körsatilgan.
Foto: Kun.uz
Uzum Market. Tovar va pulni qaytariş töğrisida maʼlumotnoma.
Wildberries'da esa tovarni qaytariş qoidalariga rozilik beraman bölimida tovar va pullarni qanday qaytarib oliş mumkinligi tuşuntirilgan.
Foto: Kun.uz
Wildberries'ning tovarni qaytariş qoidalari.
Uzum Market'da sifatli tovarni 10 kun içida, Wildberries'da esa 14 kunda qaytariş mumkin.
Foto: Kun.uz
Wildberries'ning tovarni qaytariş qoidalari davomi.
Wildberries'da tölov naqdsiz bölgani uçun pul avtomatik ravişda xaridor kartasiga qaytariladi. Hisobraqamga 7 kun içida qaytariladi. Uzum Market'da esa kartadan onlayn tölanganda 24 soat içida, topşiriş punktida tölanganda 10 kun içida uzcard yoki humo kartalariga qaytariladi. Naqd pulda tölanganda topşiriş punktida qaytariladi.
Qaytariş şartlarini avval tekşiring. Buyurtma raqami, çek va yozişmalarni öçirmang, ular kerak böladi.
Tovarni qaytariş xarajatini kim tölaydi?
Xarajatlarni kim qoplaşi tovarni qaytariş sababiga boğliq.
Agar tovar namuna yoki tavsifga mos kelmasa, uni qaytariş xarajatlarini sotuvçi tölaydi.
Uzum Market qoidalariga köra, Marketpleysning yetkazib beriş xizmati orqali kelgan sifatli mahsulot qaytarilganda, xarajatlarni xaridor tölaydi. Marketpleysning yetkazib beriş punktlarida turib sifatli tovarni qaytarsa, xarajatlar sotuvçi tomonidan qoplanadi.
Nuqsonli tovar böyiça talab qança muddatda bajarilişi kerak?
Talab 7-20 kunda bajarilişi kerak. Tovarni almaştiriş muddati 7 kun. Agar tovar sifatini tekşirişi kerak bölsa, bu muddat 20 kungaça çözilişi mumkin.
Xuddi şunday tovar bölmasa, almaştiriş haqidagi talab bir oy içida bajarilişi kerak. Tovar mavjud bölmasa pul qaytariladi. Şuningdek, xaridor nuqsonli tovar tufayli körgan zararini ham talab qilişi mumkin. Masalan, nuqsonli maişiy texnika sababli yuzaga kelgan holatda yetgan zararni qoplaşni söraş mumkin .
Xaridorning roziligi bilan nuqsonli tovar boşqasiga almaştirilişi mumkin. Bunda xarid narxi qayta hisob-kitob qilinadi.
Pul qanday şaklda va qança muddatda qaytariladi?
Şartnomada boşqaça tartib belgilanmagan bölsa, xaridor pulni qaysi şaklda tölagan bölsa, şu şaklda qaytariladi.
Pulni qaytariş muddati qonunda belgilanmagan. U şartnomada körsatiladi. Agar sotuvçi pulni vaqtida qaytarmasa, keçiktirilgan har bir kun uçun qaytarilişi kerak bölgan summaning 1 foizi miqdorida penya tölaşi kerak. Bunda penyaning umumiy miqdori qaytarilişi kerak bölgan summadan oşib ketmasligi lozim.
Pulni qaytariş uçun qanday dalillar kerak?
Onlayn xaridda tasdiqlovçi maʼlumotlar muhim. Xaridor quyidagilarni saqlab qöyişi kerak:
buyurtma raqami;
çek yoki kvitansiya;
tölov çeki;
mahsulotning reklamadagi rasmi va tavsifi;
sotuvçi bilan yozişmalar;
mahsulotning nuqsoni yoki tavsifga mos emasligini körsatuvçi foto va videolar;
buyurtma bekor qilingani haqida maʼlumot.
Çek va xabar xaridni tasdiqlovçi qoğozdagi hujjatlarga tenglaştiriladi. Xabar kim tomonidan yuborilgani aniq bölsa, undan şartnoma tuzilganini isbotlaş uçun foydalaniş mumkin.
Sotuvçi talabni bajarmasa, qayerga murojaat qiliş mumkin?
Avval sotuvçiga yozma talab yuboring. Unda xarid qilingan tovar, buyurtma raqami, qaytariş sababi va qanday talab qöyilayotgani körsatiladi.
Talabga çek, tovar fotosi va yozişmalarni qöşing.
Agar sotuvçi masalani hal qilmasa, xaridor Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga raqobat.gov.uz saytidagi «Murojaat» bölimi orqali şikoyat qoldirişi mumkin.
Foto: Kun.uz
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga onlayn murojaat qiliş sahifasi.
Masalan, 2024-yilda Marğilon şahrida yaşovçi xaridor Telegram'dagi onlayn savdo guruhi orqali 300 ming sömlik atir va Uzum Market ilovasi orqali 204 ming sömlik yuz tozalovçi vosita xarid qilgan. Xaridor mahsulotlar reklamada körsatilgan sifatga mos kelmasligini bildirib murojaat qilgan. Murojaat örganilgaç, xaridorga atir uçun tölangan 300 ming söm va yuz tozalovçi vosita uçun tölangan 204 ming söm pul qaytarilgan.
Şuningdek, xaridor sudga murojaat qiliş huquqiga ega.
Avvalgi maqolada bozordan yoki dökonlardan sotib olingan mahsulotni qaytariş va almaştiriş haqida öqing.
Nimani yodda tutiş kerak?
Tovar reklamadagi namuna yoki tavsifga mos kelmasa, uni almaştiriş yoki pulini qaytarişni talab qiliş mumkin.
Sifatli nooziq-ovqat tovarini ayrim şartlarga rioya qilgan holda 10 kun içida almaştiriş yoki, kerakli tovar bölmasa, pulini qaytariş mumkin.
Nuqsonli tovarni ayni şunday tovarga almaştiriş talabi 7 kun içida, qöşimça tekşiruv zarur bölsa 20 kungaça, ayni tovar bölmasa 1 oy içida bajarilişi kerak.
Onlayn xaridda buyurtma raqami, çek, reklamadagi tavsif, yozişmalar va foto-videolarni saqlab qöyiş kerak.
Sotuvçi rozi bölmasa, avvalo sotuvçiga yozma talab yuboriş, masala hal bölmasa, Raqobat qömitasi yoki sudga murojaat qiliş mumkin.