Özbekistonda raqamli savdo maydonçalarida biznes yuritiş uçun teng şaroitlar yaratiş rejalaştirilmoqda. Bu – davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş töğrisidagi farmonida közda tutilgan.
Farmonga köra, 2026-yil oxirigaça quyidagilarni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi:
- tadbirkorlik subyektlari örtasidagi bitimlarni elektron savdo platformalari orqali amalga oşirişga ruxsat beriş va barça zarur hujjatlarni bevosita raqamli formatda rasmiylaştiriş imkoniyatini yaratiş;
- raqamli platformalar foydalanuvçilarining şikoyatlarini sudgaça körib çiqişning şaffof tartibini, platforma qoidalari özgarişi haqida bozor iştirokçilarini oldindan xabardor qilişi kabi majburiyatlarni belgilaş;
- korporativ buyurtmaçilarning davlat xaridlari böyiça oldindan tölovlarini byudjet buyurtmaçilari uçun belgilangan tartib, miqdor va şartlarga muvofiqlaştiriş;
- yirik buyurtmaçilar uçun uç yillik xarid rejalari, smeta va biznes-rejalarni xarid reja-jadvallari bilan boğlaş, investitsiya loyihalari böyiça alohida xarid rejasi, yagona texnik talablar va KPI körsatkiçlarini joriy etiş;
- davlat xaridlari doirasida byudjet mablağlari hisobidan 100 million sömgaça bölgan kiçik hajmdagi tovarlarni xarid qiliş imkoniyatini körib çiqiş.
Maʼlumot uçun, “Elektron tijorat töğrisida”gi qonunda elektron tijoratda har ikkala tomon – sotuvçi ham, xaridor ham – xoh jismoniy şaxs, xoh yuridik şaxs bölişi mumkinligi körsatilgan.











