Uzauto Motors kompaniyasi imtiyozlarga ega bölişi barça soliq va tölovlardan ozod etilganini anglatmaydi. Kompaniya boş direktori v.b. Rustam Rajabov Asakadagi zavodga taşkil etilgan press-tur doirasida davlat budjetiga qança soliq tölangani va xayriya işlariga ham yirik mablağlar ajratilayotganini bildirdi. 

«Biz xalqimiz oldida ijtimoiy mas'uliyatimiz borligini his qilamiz. Köpçilik korxonalarimiz heç narsa tölamaydi, degan fikrda. Biroq 2012-2018 yillarda davlat budjetiga 8,5 trln söm turli soliqlar tölangan. Imtiyozlar borligi rost, biroq biz heç narsa tölamasligimiz haqidagi fikrlar notöğri.

Bundan taşqari, ijtimoiy sohada ham turli xayriyalar taşkil etiladi, homiyliklar qilinadi. Xususan, Özavtosanoat AJ 391,2 mlrd sömni şu maqsadga yönaltirgan bölsa, Uzauto Motors  234,8 mlrd söm mablağni xayriyaga sarflagan. Bu pullar, uylarning tomlarini almaştirişga, kanalizatsiya tarmoqlari, suv quvurlari, sport majmualari quriş va boşqa işlarga yönaltirilgan», - dedi Rustam Rajabov.

U, şuningdek, avtomobillar sifat körsatkiçiga ham töxtalib ötdi. Rajabovning aytişiça, bugungi kunda Uzauto Motors 5 darajali BIQ sifat standartining 3-darajasida mustahkam joylaşgan. 2019 yilda uning 4-darajasini oliş ustida iş olib borilmoqda. Rustam Rajabovga köra, mazkur standartning 5-darajasi olinsa, sifatsiz mahsulot zavodni umuman tark etmasligiga erişiladi.