Maktab öquvçilari örtasida muntazam ötkazib kelinayotgan «Yaşil çiroq» musobaqasining bu yilgi respublika bosqiçi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylaşgan X.Qulniyozov nomidagi bolalar dam oliş maskanida bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.



Musobaqada respublikamizning barça viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston respublikasidan kelgan jamoalar iştirok etişmoqda.


Surxondaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati katta inspektori Abror Çoriyevning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, jamoalar musobaqada jami 10 şart böyiça bellaşmoqda. Jumladan, safda yuriş, piyodalarning majburiyatlari, velosiped boşqariş, tartibga soluvçining harakatlari, tez tibbiy yordam, maketlar yasaş, texnik ijodiyot, badiiy qism, yöl harakati qoidalari böyiça test sinovlari, sardorlar bellaşuvi. Ayni damda bellaşuvlar davom etmoqda.


Musobaqa yakuni böyiça qöşimça axborot taqdim etamiz.











