Joriy yilda Yamanda 460 mingdan köproq kişi vabo bilan kasallangan, 705 kişi undan vafot etgan. Bu haqda BMT boş kotibining rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.

Haqning ta'kidlaşiça, kasallanganlardan 200 mingga yaqini bolalardir. Joriy vaziyat 2018 yildagidan oğirroq bölib, ötgan yil kasallanişlar soni 380 mingtani taşkil qilgan. 

Joriy yilda Yamanda 705 kişi vabodan vafot etgan, 2018 yilda bu raqam 75 kişini taşkil qilgan.  

Haqning aytişiça, kasallikning jadal tarqalişiga mamlakatdagi toşqinlar va toza içimlik suvi yetişmasligi ta'sir qilgan. BMT vakilining ta'kidlaşiça, 20 mln yamanlikka 4,2 mlrd dollarlik gumanitar yordam zarur. “Bugunga kelib bu summadan 32 foizigina yiğilgan”, deb qöşimça qilgan Haq.