Vazirlar Mahkamasining “Özini özi band qilgan fuqarolar uçun vaqtinçalik mehnat guvohnomasini joriy etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga oliş va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi berilişini nazarda tutadigan tartib joriy qilinadi.

Belgilab qöyilişiça:

mehnat daromadi olişga yönaltirilgan jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça şaxsiy mehnati bilan iştirok etişga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oşiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatga olinmagan va öz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy şaxslar mehnat stajini hisobga oliş va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi bilan vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladigan özini özi band qilgan fuqarolar hisoblanadi;

özini özi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning doimiy yaşaş joyidan qat'i nazar (eksterritoriallik prinsipi böyiça) pulli asosida beriladi, uşbu tölovlarni undirişdan tuşgan tuşumlarning bir qismi özini özi band qilganlarning pensiya suğurtasini ta'minlaşga maqsadli yönaltiriladi;

vaqtinçalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boşlab va ular amal qilişining butun davri pensiyani hisoblab çiqariş uçun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi;

taşkilotlar tomonidan özini özi band qilgan maqomiga ega bölgan fuqarolarni şartnoma asosida xizmatlar körsatiş va işlarni bajariş böyiça faoliyatga jalb qilişga yöl qöyiladi. Bunda körsatib ötilgan fuqarolar mehnatiga haq tölaş yagona ijtimoiy tölovni hisoblab çiqiş obekti hisoblanmaydi;

vaqtinçalik mehnat guvohnomalari berilganligi uçun tölov undirişdan tuşgan mablağlarning 60 foizi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga - özini özi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy tölovni tölaş hisobiga, 20 foizi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga va 20 foizi tumanlar (şaharlar) budjetlariga yönaltiriladi;

vaqtinçalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda özini özi band qilgan fuqaro Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobiga işsizga tölanadigan işsizlik böyiça nafaqani va kasbga öqiş davrida stipendiyani ololmaydi.