Taqdimotda qayd etilişiça, 2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirişi kutilmoqda. 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalaştiriş uçun 500 milliard söm mablağ yönaltiriş, 10 mingga yaqin yoşlarni band qiliş rejalaştirilgani ma’lum qilindi. Mazkur dasturni unda iştirok etuvçi tadbirkorlik sub’yektlariga qöşimça moliyaviy imkoniyatlar taqdim etiş orqali yanada kengaytiriş taklif etildi.
Şuningdek, “TalabaExpo-2026” kasb körgazmalarini iş beruvçi taşkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boşqa hududlarida ham samarali taşkil etiş zarurligi körsatib ötildi.
Bitiruvçilar bandligini ta’minlaşda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, yirik xöjalik birlaşmalari mas’uliyatini oşiriş muhimligi qayd etildi.

Barça jarayonlar bandlikka kömaklaşuvçi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni ta’minlaş masalasi mahalliy hokimliklar darajasigaça tuşiriladi. Natijada bitiruvçilar bilan işlaşning vertikal tizimi yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, talabalarni iş bilan band qilişda oliygoh darajasida işlarni tizimli yölga qöyiş böyiça yangi mexanizmlar taklif qilindi. Jumladan, barça oliygohlarda karera markazlari faoliyati töliq yölga qöyilib, natijadorligiga qarab rağbatlantirib boriladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvçi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija körsatgan 20 ta oliygohning karera markazlariga 500 million sömdan ajratiladi.

Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yönaliş kesimida mingdan ortiq iş beruvçilar bilan uçraşuvlar (vorkşoplar) taşkil etiladi.
Şuningdek, 2026/2027 öquv yilidan boşlab talabalarda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, ularni biznes yuritiş uçun mavjud imkoniyatlar bilan taniştiriş maqsadida barça oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini öqitiş yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, taşkil etiladigan spin-off korxonalariga talabalarni jalb etiş, kafedralarning tegişli tarmoq korxonalarida filiallarini oçiş, bitiruv loyihalari himoyasini iş beruvçi korxonalarda ötkazişni kengaytiriş çora-tadbirlari belgilandi.













