Özbekistondagi barça oliy ta'lim muassasalarida kun ötgan sayin qabul jarayoni özining qizğin pallasiga kirmoqda. Hujjat topşiruvçi abituriyentlar soni esa kundan-kunga oşib bormoqda.
Yaqinda saytimiz orqali «Qabul–2019. Navbatlar va tölov kassalari» sarlavhali maqolamizda Toşkentdagi bir qança OTMlarda qabul jarayonining borişi, kiritilgan yangiliklar, hujjat topşirişga va tölov kassalariga uzun navbatlar haqida söz yuritgan edik. Şundan söng qabul jarayoniga mas'ul taşkilotlar tomonidan yuzaga kelgan muammo bartaraf etilişiga umid qilgan edik. Ammo…
Tahririyatimizga butun respublika böylab qabul jarayonida yuzaga kelayotgan navbatlar böyiça murojaatlar kelişi davom etmoqda. Soddalaştirilgan tizim yaratilganiga qaramay, kutilgan natijaga erişilmagani sababini biliş maqsadida yana bir bor Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetida böldik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
https://mover.uz/video/embed/x1tLuCEm/
Navbatlar, tiqilinçlar va tuşunmovçiliklar köpaysa köpaygan, lekin kamaymagan. Qabul jarayoniga mas'ullar ham bu holatdan noroziliklarini bildirişdi. Ularning e'tiroziça, bu tartibsizlik va navbatlar vujudga kelişiga OTM aybdor emas. Ya'ni, OTM tomonidan qabul jarayoniga yetarliça şaroitlar qilgan. Kompyuterlar va operatorlar ham yetarli. Faqat abituriyentlarning ma'lumotlarini DTM serveriga kiritişda uzoq vaqt uziliş kuzatilyapti. Masalan, bugun ertalab server 1 soatça işlagan keyin umuman ulanişning iloji bölmagan. Buning natijasida esa soat 8:00da navbat olgan abituriyent soat 13:00gaça navbatini kutib qolyapti. Abituriyent va ota-onalar issiqda qolib ketişmoqda. Agar server yaxşi işlab tursa navbatlar hosil bölmagan bölar edi.

Şundan söng ota-onalar va abituriyentlarning fikrlari bilan qiziqdik.
«Ertalab kelganmiz. Şu issiqda navbatga turişning özi bölmaydi. Tizim yangilandi, soddalaştirildi degani şumi? Bizning ham bola-çaqamiz bor. Odamlarning ustidan kulişmi bu?» deydi hujjat topşirişga kelganlardan biri.

Haqiqatdan ham havo harorati juda issiq kunda bu navbatlarga odamning asabi doş berişi qiyin. Respublikaning köplab OTMlarida xuddi şunday vaziyat kuzatilmoqda. Mas'ullar viloyatlardan yuborilgan, tiqilinç va navbatlar tuşirilgan suratlarni ham körsatişdi. Bularga sabab qilib esa DTM markazi server ertalab 1 soatça işlagani, şundan söng aloqa umuman uzilgani aytilmoqda.
Muammo-server işlamasligida
Bir qator savollar tuğildi. Hujjat topşiriş oxirlaşgani sayin abituriyentlar soni yanada köpayadi. Bu tabiiy hol.
DTM markazi yetarliça texnika bazasi bilan ta'minlanganmi? Serverdagi uziliş va qotib qolişlarga sabab nima? Şu va boşqa savollar bilan DTM markazi eşigini taqillatdik.
DTM test sinovlarini dasturiy texnik ta'minot bölimi boşliği Uluğbek Noraliyev holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi.
«Xabaringiz bor, bu yildan abituriyentlar onlayn röyxatdan ötkazilmoqda. Onlayn taşkil etilgan qabul jarayoni davomida dasturda ba'zi uzilişlar sodir böldi. Lekin şu zahoti bu kamçiliklar bartaraf etilgan. Qabul onlayn taşkil etilgani, bundan taşqari Davlat xizmatlari agentligi ham aynan mana şu dastur orqali hujjatlarni röyxatdan ötkazayotgani, buning natijasida 4500 nafardan ortiq operator bilan işlayapmiz. Taqqoslaş uçun, avvalgi yillarda operatorlar soni 1500-1800 nafar bölgan. Yana bir sabab esa abituriyentlarning asosiy qismi qabul haftasining oxirgi kunlarida hujjat topşirişidir. Bugun kun yarmigaça 40 mingdan ortiq abituriyent röyxatdan ötdi. Kunning qolgan qismida yana şunça abituriyent röyxatdan ötkazilişini prognoz qilib turibmiz. Ertadan esa abituriyentlarni röyxatdan ötkazişni kuniga 100 ming nafardan reja qilyapmiz. Bu ham abituriyentlar uçun noqulayliklar keltirib çiqaryapti. Navbatlar muammosidan xabarimiz bor. Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan bu masala ustida iş olib boryapmiz. Qabul soatlarini uzaytiriş va oxirgi abituriyentgaça işlaşni rejalaştiryapmiz. Bu yildan dasturga ba'zi bir özgartirişlar kiritilgan. Oldingi yillari ham uşbu dastur işlagan, lekin biroz boşqaça bölgan. Ya'ni, abituriyentdan hujjat oliş jarayoni dasturga kiritiş bilan boğliq bölmagan. Bundan taşqari, bu yildan uşbu dastur Içki işlar vazirligining pasport tizimiga bevosita ulangan. Bu yildan tölov joriy qilingan bölib, banklararo tizim ham bizning dasturga ulangan. Demak, bizning dastur bir vaqtning özida uçta markaz bilan boğlangan holda işlamoqda. Buning natijasida töxtalişlar kuzatilyapti, lekin uzilişlar bölgani yöq. Bu yil abituriyentlar soni 1 milliondan ortiq bölişi prognoz qilingan. Şunga yaraşa texnika va tarmoq uskunalari xarid qilingan. Lekin bu birinçi yil bölgani uçun muammolar kuzatilmoqda, qolaversa, bizning tarmoq bir vaqtning özida boşqa markazlar bilan ulangan holda işlayapti. Hozirda Axborot vazirligi xodimlari va UzTelecom xodimlarini jalb qilganmiz. Yuzaga kelgan muammodan xabarimiz bor. Uzilişlar va qotib qolişlar tez soatlarda bartaraf etilişiga va'da beramiz», deydi texnik ta'minot bölimi boşliği.

Demak, DTM markazi ham yuzaga kelgan muammodan xabardor. Ular muammoni bartaraf qiliş mumkinligini, buning uçun barça şaroitlar yetarli ekanini aytişmoqda. Va'da olindi. Muammo bartaraf qilinişiga umid bildirib qolamiz. Çunki qabul jarayonidagi holat abituriyentlarga test sinovlaridan oldin salbiy ta'sir ötkazişi ham mumkin. Ayniqsa, yoz örtasida kuzatilayotgan havo harorati hisobga olinsa.



Kun.uz qabul jarayonlaridagi holatlarni respublika kesimida kuzatişda davom etadi.
Rahmatillo Isroilov












