Joriy yilning 8 iyul kuni taxminan soat 15:30larda Angren kömir konining şimoliy qismida çamasi 25 million metr kub bölgan yer köçkisi sodir böldi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” xabar qilmoqda.

Foto: Özbekiston temir yöllari

Qayd etilişiça, mazkur tabiiy ofat muhandislik kommunikatsiya, avto va temir yöllar hamda Angren kömir koni uçun xavf tuğdirmaydi.

Tabiiy ofatning vujudga kelişida asosiy omil bu joriy yilning aprel-may oylarida yomğirning yoğişi (köp yillik me'yordan ortiq), yer osti suvlari darajasining sezilarli darajada köpayişi bölib, bu gidrodinamik bosimining oşişiga olib keldi. Natijada, qum toş tuproqlarni yer osti oqimlari bilan yuvilib, yer qatlamida böşliqlarni hosil qildi. Bu esa, öz navbatida, Angren kömir konining şimolidagi yon tomonining zaiflaşişiga olib kelgan.

Özbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatiş davlat xizmati tomonidan salbiy oqibatlarning oldini oliş maqsadida köçki doimiy ravişda kuzatilmoqda. Şuningdek, mazkur hududda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlarining kun-u tun navbatçiligi taşkil etilgan.

Loyiha-tadqiqot instituti mutaxassislari yer köçişi sabablarini qöşimça örganiş böyiça işlarni olib boryapti, deyiladi xabarda.