Italiyaning Sitsiliya orolidagi Nişemi şahri tom ma’noda jar yoqasiga kelib qoldi. Yanvar oyida «Garri» sikloni tufayli yuz bergan kuçli yomğirdan söng, şaharda köçki sodir böldi. Oqibatda 1600 nafardan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, yuzlab binolar jar yoqasida qoldi. Şaharda jami 25 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Xavfli hududda 880 ta bino bor: 201 tasi köçki çiziğidan 50 metrgaça, 240 tasi 50 dan 100 metrgaça, 439 tasi 100 dan 150 metrgaça masofada joylaşgan.

Köçki oqibatida heç kim halok bölmadi. Evakuatsiya qilingan uylarning aholisi qarindoşlarinikiga köçib ötdi, ba’zilari sport arenasiga, mini-mehmonxonalarga, eng keksalari esa qariyalar uylariga joylaştirildi.

Nişemidagi köçki çegarasi 25 yanvar kuni harakatlana boşladi. Tört kilometr uzunlikdagi yoriq paydo böldi, u kengayişda davom etmoqda.

«Hammasi bir neça daqiqada sodir böldi, - dedi xavfli hududga tuşib qolgan uylardan birida yaşovçi 70 yoşli Salvatris Diska. - Elektr öçib qoldi, bir neça daqiqadan söng politsiya eşikni taqillatdi. Ular bizga darhol ketişimizni, hamma narsani taşlab, faqat eng zarur narsalar - bir neçta adyol va dori-darmonlarni olib ketişimizni aytişdi. Bir hafta davomida yuviniş, kiyim almaştirişning ham iloji bölmadi».

Köçki yuz bergan hududda qulaş 1997 yilda sodir bölgan. Şunda ommaviy evakuatsiya ötkazilgan. Ammo şundan beri şaharni himoya qiliş uçun heç narsa amalga oşirilmagan. Nişemidan bir neça kilometr uzoqlikda joylaşgan Jyel şahri prokuraturasi köçki hodisasi böyiça tergov boşladi. Idora vakillari mas’uliyatsizlikda ayblov qöyişlari mumkinligini istisno qilmadi - ammo hozirça gumonlanuvçilar yöq.