Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, Angrenda yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan fuqaro 1997-yilda tuğilgan tanişi bilan şahardagi köp qavatli uylardan birida xonadon ijaraga olgan. Ular uşbu manzilda qalbaki pul tayyorlaş bilan şuğullangani aytilmoqda.
Xonadon közdan keçirilganda, 100 ming va 200 ming sömlik kupyuralardan iborat jami 79,8 mln sömlik yarim tayyor qalbaki pul aniqlangan. Şuningdek, Epson rusumli rangli printer, uning böyoqlari va kanselyariya jihozlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Xabarda qayd etilişiça, uşlangan har ikki şaxs muqaddam sudlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












