Odnoklassniki tomonidan iOSdagi mobil ilova firma töq sariq rangi ikkinçi darajaga olib qöyildi. Keyingi bosqiç — Android-ilovani qayta dizaynlaştiriş hamda veb-versiya va mobil ilovalarni unifikatsiya qilişdan iborat.
2018 yil davomida Odnoklassniki mahsulotlarga zamonaviy va oddiy tus beriş uçun dizayn-konseptlar işlab çiqqan edilar. Veb-versiyada video va sovğalar vitrinalari yangilandi, iOSdagi OKning mobil versiyasi esa joriy yilda töliq yangilandi.

Işlab çiquvçilar foydalanuvçilarning diqqatini kontentga jamlaş va uning qöllanilişini qulay qiliş uçun sarlavhalardan töq sariq rangni olib taşlaşdi va ularda moslikni saqlab qoliş uçun firma şriftini qöllaşdi. Mobil ilovaning yangi versiyasidagi içki ekranlarda navigatsiya özgardi va foydalanuvçining şaxsiy sahifasiga muqovani qöşişning imkoniyati joriy etildi.
Statistika ma'lumotlariga köra, iOSdagi mobil ilovadan foydalanadigan OKning köplab foydalanuvçilari — bu 25 dan 34 yoşgaça texnik tayyorgarligi yaxşi bölgan, özgarişlarga xayrixoh odamlardir. Şu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq uçun uşbu auditoriyaning tilaklariga muvofiq keliş va uni öz platformalarida uşlab qoliş uçun dizaynda zamonaviy trendlarni tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
«Biz öz raqobatçilarimiz örtasida manfaatli ajralib turiş uçun boş sahifani qayta işlab çiqdik. Odamlar öz sahifalarini mustaqil ravişda bezaşni yoqtirişadi va OK ularga şunday imkoniyatni taqdim etadi. Foydalanuvçilar kayfiyatga boğliq ravişda boş sahifadagi muqovani almaştira olişadi, şuningdek uni döstlarning sovğalari bilan bezaş mumkin», — deydi Odnoklassniki ijtimoiy tarmoği dizayn bölimi boşliği Aleksey Çerepenenkov.
Grafika — redizayn orqali ötgan ijtimoiy tarmoq interfeysining yana bir elementidir. OK rivojlanişi bilan ijtimoiy tarmoqning har xil bölimlariga hamrohlik qiladigan barça illyustratsiyalar uslubi böyiça bir-biridan farqlana boşladi. Buning oldini oliş uçun Odnoklassniki jamoasi bir neça oy davomida yagona yeçimni izladi. Ijtimoiy tarmoq oldida OK ehtiyojlarini qondiriş, yorqin, jozibador va barçaning diqqat-eʼtiboriga sazovor böliş kabi bir neça parametrlarga javob beradigan şunday bir variantni topiş vazifasi turar edi. Şunday qilib illyustratsiyalarda törtta qahramon – turli rangdagi emodzi-başaralar paydo böldi.
«Biz bir neça sabablarga köra joriy variantda töxtaldik. Birinçidan, yorqin ranglar— bu trend. Biz dunyoga quloq soliş va u sörayotgan narsani berişni istaymiz. Agar kelgusi yilda qandaydir boşqa narsa modaga aylansa, biz tezda yangi sörovlar ostiga moslaşib olamiz», — deydi Çerepenenkov.
Ijtimoiy tarmoqda bir kunda yangilanişni ötkazib qöyişmaydi, negaki foydalanuvçilar haqida qayğurişadi. Alekseyning sözlariga köra, odamlar yangi çiroyli aşyolarni yoqtirişadi, telefonlar, kiyim va avtomobillarni vaqti-vaqti bilan almaştirib turişadi, ammo ulardan foydalaniş könikmasining keskin özgarişini yoqtirişmaydi.

«Foydalanuvçilarga zamonaviy avtomobilning tor joyda parkovka qilişdek murakkab işni öziga ola olişi yoqadi, ammo ular odatiy rul örniga kompyuter qurilmasi joystigini işlatişni xohlaşmaydi», - deydi Aleksey.
Ijtimoiy tarmoq dizayn jamoasida Moskva, Sankt-Peterburg va Rigadan turib işlovçi 10 nafarga yaqin odam bor. Ular orasida loyihalovçilar va illyustratorlar bor. Loyihalovçilar vizual ergonomika va dizayn nuqtai nazaridan foydalanuvçilar uçun ularni qulay qilgan holda servislarni doimiy ravişda takomillaştirişadi. Illyustratorlar piktogrammalarni ham qöşganda barça vizual elementlar, avtorizatsiyalaştiriş sahifasi uçun katta illyustratsiyalarni yaratişadi, videotranslatsiyalarda qöşilgan hayotiylikning uç ölçamli qiyofalarini çizib çiqişadi, bayramlarga animatsiya qilingan roliklarni yaratişadi.
«Bizning jamoaga eng yaxşi mutaxassislar qabul qilinadi: har biri öz sohasida juda ham boy iş tajribasiga ega va öz işiga muhabbat bilan yondaşadi. Axir sening servisingdan ön millionlab odamlar foydalanib turganda, bundan boşqaça bölişi mumkinmi?», — öz sözini yakunlaydi Aleksey.










