“Toşşahartransxizmat” AJ tasarrufidagi korxona va muassasalarda yuz bergan özgarişlar, ularning ayrimlari boşqa tizimga biriktirilganligi sababli jamiyat tarkibiy tuzilmasini yangidan taşkil etiş böyiça yagona aksiyador qarori qabul qilindi. 

“Toşşahartransxizmat” AJ faoliyatini muvofiqlaştiriş, poytaxt aholisiga körsatilayotgan transport xizmati işini yanada yaxşilaş, sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş, qöşimça xizmatlarni joriy etiş, eng muhimi harakat xavfsizligini ta'minlaş asosiy vazifaga aylandi. Buning uçun esa soha doirasida körsatilayotgan xizmatlar va harakat xavfsizligi bilan boğliq masalalarni bevosita amalga oşiriş, nazorat tizimini innovatsion loyihalar asosida takomillaştiriş lozim böladi. 

Ana şunday jihatlar inobatga olinib, jamiyat tasarrufida bölgani holda mustaqil tarzda faoliyat yuritgan “Toşyölovçitransxizmat” hamda “Toştransdispetçerxizmat” unitar korxonalari jamiyat tarkibiga birlaştirilmoqda. 

Buning natijasida “Toşşahartransxizmat” AJ avtobus saroy va korxonalarning boşqaruv apparati bölib qolmay, unitar va boşqa turdagi tuzilmalarning vazifasini töğridan-töğri öz zimmasiga oladi. Jumladan, jamiyat tarkibiga kiruvçi avtobus saroylari va korxonalarining jamoat transporti yönalişlaridagi nazoratini, GPS loyihalarini hamda oylik yöl çiptalari va jyetonlar yetkazib berişni bevosita amalga oşiradi.