Toşkent şahrida törtta avtobus yönalişlari özgartiriladi. Bu haqda Toşşahartransxizmat xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Kiçik halqa yölining Bunyodkor şohköçasi bilan kesişmasidan Arnasoy köçasi bilan kesişmasigaça bölgan qismi transport harakati uçun vaqtinça yopilişi sababli mazkur hudud orqali harakatlanuvçi avtobus yönalişlari sxemasi quyidagiça özgartiriladi:

18, 80-sonli yönalişlar (şahar markazi tomon): Kiçik halqa yöli ➔ Arnasoy ➔ Çöpon ota köçalari orqali.

77, 103-sonli yönalişlar (şahar markazi tomon): Kiçik halqa yöli ➔ Bunyodkor ➔ Çöpon ota köçalari orqali.

Qayd etilişiça, çeklovlar davomida köçalarda tirbandliklar ortişi ehtimoli mavjud. Zaruratga qarab yönalişlar harakatiga qöşimça özgarişlar kiritilişi ham mumkin.

Şuningdek, avtobuslarning qatnov va oraliq vaqti rejadagidan biroz uzoqroq davom etişi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq quriliş-montaj işlari olib borilişi sababli Kiçik halqa avtomobil yölining Bunyodkor şohköçasi bilan kesişmasidan Arnasoy köçasi bilan kesişmasigaça bölgan qismi transport harakati uçun 4 kunga yopilişi xabar qilingandi.