Hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Kiritilgan özgartirişlar qöriqlaş xizmati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga ötganligi bois ba'zi obektlarni qöriqlaşga Milliy gvardiya organlari mas'ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bölganlarni majburiy davolaşga ixtisoslaştirilgan davolaş-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qöriqlaş şular jumlasidandir.

Şuningdek, ov va sportga möljallangan öqotar qurolni hamda uning öq-dorilarini, şuningdek tiğli qurolni (piçoqlarning milliy turlaridan taşqari) işlab çiqariş, ta'mirlaş va realizatsiya qiliş faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi. 

Ilgari Içki işlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.

Bundan oldin, Milliy gvardiyaga yangi vakolat berilgani xabar qilingandi.