Buning uçun “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritilmoqda.

Özgartişlar Senatning 8-iyul kungi yalpi majlisida ma’qullandi.

Qayd etilişiça, “Biznesga litsenziyasiz kiriş” maxsus rejimi joriy etilişi natijasida tadbirkorlik sub’yektlari litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan turib, elektron tarzda vakolatli organni xabardor qiliş orqali öz faoliyatini boşlaş imkoniyatiga ega böladi.

Bunda ular litsenziya yoki ruxsatnoma talablariga moslaşiş uçun qöşimça vaqtga ega bölib, öz faoliyatini sinov tarzida boşlaşi va uning iqtisodiy samaradorligini baholaşi mumkin böladi.

“Uşbu özgariş tadbirkorlik faoliyatini boşlaşni yengillaştiradi, vaqt va xarajatlarni tejaydi hamda yangi biznes taşabbuslarini rağbatlantirişga xizmat qiladi”, – deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.