Qonunçilikka kiritilgan qöşimçalar bilan litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni «Biznesga litsenziyasiz kiriş» maxsus rejimi doirasida oliş tartibi belgilandi.
Unga köra, talabgor maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vakolatli organni bepul xabardor qilgan holda, tegişli faoliyatni litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatsiz boşlaşi mumkin.
Maxsus rejimning amal qiliş muddati 3 oy etib belgilangan. Uşbu davrda talabgor muayyan faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat beruvçi hujjatsiz amalga oşirgani uçun javobgarlikka tortilmaydi.
Biroq tadbirkor 3 oy davomida öz faoliyatini litsenziya yoki ruxsat beriş talablari va şartlariga muvofiqlaştirişi lozim.
Şu muddat içida u belgilangan tartibda tegişli litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni olişi yoxud mazkur faoliyatni tugatişi kerak böladi.
Qonun bilan arxiv hujjatlarini saqlaş muddatlariga ham aniqlik kiritildi. Xususan, maxfiy hujjatlarni 30 yil davomida saqlaş belgilandi.
Şuningdek, 2019-yil 1-yanvargaça iş yurituvi yakunlangan şaxsiy tarkib böyiça hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil, 2019-yil 1-yanvardan boşlab şakllantirilgan bunday hujjatlar esa 50 yil davomida saqlanadi.









