Moliyaviy sanksiyalar (jarima) soliqqa oid huquqbuzarlik uçun javobgarlik çorasi bölib, qonunçilikka asosan sud tartibida qöllaniladi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qömitasi.

Bildirilişiça, sönggi yillarda hukumat tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan soliq sohasida qöllaniladigan moliyaviy sanksiyalar böyiça bir qator yengilliklar berib kelinmoqda.

Jumladan, ilgari moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravişda oldindan tölab berganligi uçun yengilliklar nazarda tutilmagan hamda jarimalar tadbirkorning moddiy ahvolini inobatga olinmasdan qöllanib kelingan bölsa:

endilikda, moliyaviy sanksiyani qöllaşda javobgarlikni yengillaştiruvçi holatlar aniqlangan taqdirda, şuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam bölmagan miqdorda moliyaviy sanksiyani qöllaşga haqli ekanligi;

soliqlar, boşqa majburiy tölovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e'tiboran öttiz kun içida ixtiyoriy ravişda tölangan taqdirda tadbirkorlik sub'yekti - soliq tölovçi öziga nisbatan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölamaganligi uçun jarimalar qöllanilişidan ozod qilinişi;

soliq nazorati tadbirlarida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni saqlaş va realizatsiya hajmini yaşiriş (kamaytirib körsatiş) holatlari aniqlangan taqdirda - kirim qilinmagan tovar qiymatining va yaşirilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima solinişi (ilgari yaşirilgan summaning 100 foizi miqdorida jarima qöllanilgan);

kirim qilinmagan tovarlar qözğatilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş yoki jinoyat işi doirasida davlat daromadiga ötkazilgan taqdirda, sanksiya qöllanilmasligi kabi me'yorlar amaliyotga kiritilgan.

Kiritilayotgan bu kabi me'yorlar bilan davlat ğaznasiga ma'lum miqdorda pul mablağlari tuşmasligi mumkin. Lekin, tadbirkorni turli xil moliyaviy sanksiyalar bilan yuklab taşlanadigan bölsa, tadbirkor oborot mablağidan ajralib, korxonasi bankrot bölişiga, işbilarmonlik muhitining yomonlaşuviga, investitsion jozibadorlikning kamayişiga hamda yaratilgan iş örinlarining qisqarişiga sabab bölişi mumkin.

Prezidentning «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori loyihasida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaydigan yana bir yangilik joriy etildi.

Xususan, soliq tölovçilar davlat soliq xizmati organlarining soliq sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganligi uçun javobgarlikka tortiş töğrisidagi qarorini tan olib, uni olgan kundan e'tiboran 10 kun muddatda moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravişda tölasa, tadbirkorlik sub'yektlari mansabdor şaxslari va xodimlarini jinoiy va ma'muriy javobgarlikdan ozod etiş belgilandi.

Şuningdek, soliq tölovçi moliyaviy jarima miqdorining 50 foizini 10 kun içida ixtiyoriy tölasa, jarima summasining qolgan qismini tölaşdan ozod etiş belgilandi.

Bunday tajriba Rossiya va Turkiya davlatlarida tatbiq etilgan.

Misol uçun, yöl qöyilgan huquqbuzarlik uçun tadbirkorga nisbatan 300 mln. söm moliyaviy sanksiya belgilanadigan bölsa, belgilangan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravişda 150 mln. sömi tölab berilsa, qolgan 150 mln. söm pul mablaği tadbirkor ixtiyorida qoladi. Şuningdek, tadbirkorlik sub'yekti mansabdor şaxslari jinoiy javobgarlikdan va ma'muriy javobgarlikdan ozod böladi. Bu nafaqat korxonani, balki uning mansabdor şaxslarining xarajati tejalişiga ham olib keladi.

Tahlillarga asosan, tadbirkorlar tomonidan jarimalarni belgilangan muddatda ixtiyoriy tölaş uluşi 2016 yilga nisbatan 2018 yilda 1,4 barobarga oşgan, deyiladi DSQ xabarida.