Özbekiston davlat budjeti qonun körinişida tasdiqlanadi. Bu haqda respublika moliya vaziri örinbosari Şoxruh Şorahmedov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Uning sözlariga köra, davlat moliyasini boşqariş islohotlari strategiyasi tayyorlangan.
“Juda köp narsani özgartiriş közda tutilgan. Öylaşimça, yaqin yillarda budjetni tayyorlaş tizimi butunlay özgaradi. Ilk marta budjetni qonun loyihasi körinişida tayyorlaşga ötamiz. Ilgari u prezident qarori bilan tasdiqlangan. Bu yil budjet qonun bilan tasdiqlanişini rejalaştiryapmiz. Deputatlar u yoki bu sohaga yönaltiriladigan mablağlarni özlari belgilaydilar”, - dedi Şorahmedov “Fuqarolar uçun budjet - 2019” taqdimotida.
Ikkinçi katta özgariş – örta muddatli budjetlaştirişga ötiş. “Bu haqida ilgari ham aytilgan. Biroq, amalga oşira olmaganimizning muayyan sabablari bor edi. Ötgan yildan boşlab bu masalaga asosli tarzda yondaşdik va tadbirlarni amalga oşirişni boşladik” – deya qayd etdi vazir örinbosari.
«Budjet haqidagi qonunni tayyorlaş boşlanganida, örta muddatli budjetlaştirişga töliq ötiş böyiça ham tadbirlar közda tutiladi. Öylaşimça, bu barça vazirlik va idoralar uçun uç yillik budjet qonun bilan belgilanganidan keyin böladi” – deya qöşimça qildi u.
Şorahmedov ilgari sohalar böyiça jami raqamlardan foydalanilgan bölsa, endilikda esa vazirliklar böyiça mablağlar ajratilişiga ötilişini qayd etdi.
“Bu qonunning özida aks etadi. Har bir vazirlik budjetda öziga qança mablağ közda tutilganini bilib boradi. Avvalgi yillarda, masalan, ta'lim sohasi böyiça budjet tasdiqlanardi, keyin umumiy raqamlar doirasida uç yoki tört vazirlik uni bölişib olgan. Endilikda, har bir vazirlik öz raqamlarini köradigan tizimga ötamiz”, - dedi Şorahmedov.
“Budjet qay darajada samarali amalga oşirilayotganini baholay olişimiz uçun uni vazirlikning öziga emas, balki uning muayyan dasturlariga ajratilişiga harakat qilamiz. Har bir soha böyiça (samaradorlik) indikatorlari böladi va biz ularni tahlil qilamiz”, - deya xulosa qildi u.











