Aholi tomonidan naqd va naqdsiz tölovlar böyiça hisob-kitoblarni qöllaşga mamlakatdagi korrupsiya hamda uning iqtisodiyotidagi dedollarlaşuv darajasi ta'sir körsatadi. Moody’s reyting agentligi tahlilçilari şunday xulosaga kelişdi, deb yozmoqda RBK.
Moody’s gipotezasi şundan iboratki, mamlakatda dollarlaşuv darajasi qança baland bölsa, bunda fuqarolar mahalliy valutada bank kartalari böyiça tölovlarni şunça kam amalga oşiradi. Sababi, odamlar unga işonmaydi hamda köpinça çet el valutasidagi naqd pul mablağlaridan foydalanadi.
Korrupsiya bilan ham xuddi şunday - uning darajasi qançalik baland bölsa, aholida naqd pul şunça köp böladi, ular bank kartalaridan kamroq foydalanadi, deya aniqlik kiritgan Moody’s kiçik vitse-prezidenti Peter Paklin.
2017 yil yakunlari böyiça Rossiyada kartalar böyiça tölovlar aylanmasi 63 foizni taşkil etdi. Keyingi örinlardan Belarus (33 foiz), Özbekiston (29 foiz), Qozoğiston (27 foiz), Moldova (15 foiz), Qirğiziston (13 foiz), Ukraina (10%), Ozarboyjon (6%), Tojikiston (1%) va Armaniston (1 foizdan kam) joy oldi.
Korrupsiyani qabul qiliş darajasi böyiça Özbekiston 100 balldan 29 ball yiğdi. Belarusda eng yaxşi körsatkiç qayd etildi - 44 ball, ammo mamlakatda iqtisodiyotning dollarlaşuv darajasi yuqori (oxirgi poğonadan uçinçi).












