«Atletiko» hujumçi Antuan Grizmann transferi yuzasidan «Barselona»ni sudga bermoqçi.

Bugun kataloniyaliklar «matrasçilar»ga fransiyalik futbolçining şartnomasida belgilangan miqdordagi tovon puli – 120 mln yevroni tölab, uni öz safiga qöşib olişganini e'lon qildi. «Atletiko» esa sud orqali «Barsa»dan yana 80 mln yevro undirmoqçi.

Madrid klubidagilarning iddaosiça, «kök-anorranglilar» Grizmann bilan şartnomadagi tovon puli 200 mln yevrodan 120 mln yevroga tuşgan 1 iyul sanasidan oldinroq kelişuv tuzib bölişgan.

«Barselona» Antuan Grizmann transferini e'lon qildi

.

 Tovon puli juda katta

«Bugun Grizmanning advokati Primera ştab-kvartirasida bölib, futbolçi va klub örtasidagi bitimni bir tomonlama bekor qildi. U «Barselona» nomidan 120 mln yevro töladi.

Biz mazkur summani tovon puli tölaş şartlarini bajariş uçun yetarli emas, deb hisoblaymiz. Şunisi ayonki, «Barselona» va Antuan tovon puli miqdori 200 mln yevrodan 120 mln yevroga tuşişidan oldin kelişib olişgan.

Tomonlar futbolçi klubimizni tark etişini e'lon qilgan 14 maydan ham oldin kelişuvga erişib bölişgan.

«Atletiko» öz qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan çoralar köriş böyiça harakatlarni boşlab yuborgan», – deyiladi «Atletiko» rasmiy saytida.

«Atletiko» hujumga ötdi. Klub rahbariyati Grizmann «Barsa» bilan maxfiy muzokara ötkazganidan ğazabda