Özbekiston Respublikasi prezidentining PF-5755 va PF-5721 sonli farmonlari bilan amaldagi tartiblarga bojxona sohasiga oid özgartirişlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Toşkent-AERO" IBK axborot xizmati.
Qayd etilişiça, bu mamlakatning investitsiyaviy muhitini yanada yaxşilaş, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etişni ta'minlaş hamda soliqlar va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar beriş amaliyotini tartibga soliş, sifatli va raqobatbardoş zargarlik mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, tarmoqqa çet el investitsiyalarini faol jalb etiş, raqobatbardoş va sifatli zargarlik buyumlarini tayyorlaşda mahalliy işlab çiqaruvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek respublika zargarlik tarmoğini jadal rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qilindi.
Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab:
b) tovarlarni import qiluvçi tadbirkorlik sub'yektlari, tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) sotişdan tuşum miqdoridan qat'i nazar, qöşilgan qiymat soliği tölovçilari hisoblanadilar. Bunda tovarlarni birinçi marta import qiluvçi tadbirkorlik sub'yektlari import şartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boşlab qöşilgan qiymat soliği tölovçisi sifatida hisobga turişi şart;
v) quyidagilar böyiça qöşilgan qiymat soliği va import qilingandagi imtiyozlar bekor qilinadi:
asbest, kömir, yoğoç materiallari, yoğoç va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xomaşyosi;
soya danagi, kungaboqar va kunjut uruğlari, moyli xomaşyo va şakar xomaşyosi;
qişloq xöjaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini işlab çiqarişda foydalaniladigan butlovçi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;
Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan asbob-uskunalar va (yoki) butlovçi buyumlar yetkazib beriş böyiça import şartnomalari yuzasidan muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovçi buyumlarni yetkazib beriş muddati ularning texnik xususiyatlari va öziga xosligidan kelib çiqqan holda 180 kundan ortiq bölsa, moliyaviy jazo çoralari qöllanilmaydi.
Jismoniy şaxslarga qiymati 5 000 AQŞ dollaridan ortiq bölgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirgan holda Özbekiston Respublikasidan taşqariga olib çiqişga ruxsat beriladi.
2022 yilning 1 iyuliga qadar:
belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça Özbekiston Respublikasiga olib kiriladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toşlar bojxona tölovlaridan (bojxona yiğimlari bundan mustasno) ozod qilinadi.












