Öquvçilarni psixologik-pedagogik qöllab-quvvatlaş işlarini yanada takomillaştiriş töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Umumiy örta va örta maxsus davlat ta'lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, psixologik xizmatning asosiy vazifasi öquvçilarning qobiliyati, layoqati, qiziqişlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida töğri kasb-hunar tanlaşlariga kömaklaşişdir. 

Psixologik xizmat öquvçilar sonidan kelib çiqib 1-3 ştat birligidan iborat tarkibda taşkil etiladi.

Psixolog kadrlar soni bir nafardan ortiq bölganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.

Ta'lim muassasalarida psixolog kadrlar uçun haftasiga 36 soatli iş tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan şuningdek, psixolog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş tartibi belgilandi.

Unga köra, umumiy örta ta'lim muassasalari psixolog kadrlari har beş yilda, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari psixolog kadrlari har uç yilda bir marta attestatsiyadan ötkaziladi.

Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta'lim muassasasidan boşqasiga işga ötganda saqlanadi.

Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida ötkaziladi.

Oliy va birinçi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan ötkazganlik uçun eng kam oylik iş haqining 1 baravari (202 ming 730 söm) miqdorida yiğim undiriladi.