Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining respublika böysunuvidagi şaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş bölimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, bölim respublika böysunuvidagi şaharlarni istiqbolli vazifalarni samarali hal etiş böyiça davlat boşqaruvi va mahalliy hokimliklarning muvofiqlaştirilgan faoliyatini ta'minlaydi.

Respublika böysunuvidagi şaharlar – Toşkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Çirçiq şaharlari, Sirdaryo viloyatining Şirin şahri, Navoiy viloyatining Zarafşon şahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Şarğun şaharçasi.

Nizom bilan bölimning huquqlari va javobgarligi, tuzilmasi belgilab berildi.

Bölim respublika böysunuvidagi şaharlar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va tösiqlarni bartaraf etadi.

Bölim işiga uning mudiri rahbarlik qiladi.