Turkiya milliy mudofaa vazirligi Iroq şimolida yangi antiterror operatsiyasi ötkazilişini e'lon qildi.

"12 iyul kuni Iroq şimolida maxsus otryadlarimiz artilleriya va HHK qöllab-quvvatlovi ostida yangi "Panja-2" operatsiyasini boşladi", - deyiladi vazirlik tomonidan.

Mudofaa vazirligining qayd etişiça, operatsiyada şuningdek, quruqlikdagi harbiy texnika, T129 ATAK jangovar vertolyotlari, uçuvçisiz uçar qurilmalar iştirok etmoqda.

"Panja-2" operatsiyasi Iroqning Xakurk viloyatidagi terrorçilik taşkilotlarining boşpanalarini yöq qilişga qaratilgan.

Turkiya qurolli kuçlari 28 mayda Iroq şimolida "Panja" harbiy operatsiyasini boşlagandi. Ötgan vaqt davomida Anqara tomonidan terrorçi taşkilot deb tan olingan Kurdiston işçilar partiyasining 60dan ortiq a'zolari yöq qilingan.