Bundan bir neça yil oldin mamlakatimizning barça hududlaridagi maktablarda 10–11-sinflarning tugatilişi bilan öquv qurollari va harbiy aslahalar maketlari hamda qurollardan öq otiş xonalari yoppasiga yiğiştirib olingandi.
Endilikda maktablarda yoşlarni çaqiruvga qadar tayyorlaş fani xonasi maxsus vositalar bilan jihozlanib, eskiça qolip va yondaşuvlardan butunlay voz keçiladi.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi mavjud 1214 ta umumta'lim maktablarida maxsus xona tayyorlanib, 10 turdagi jangovar qurollarga tenglaştirilgan qurol-aslahalar, 80 turdagi körgazmali vositalar yetkaziladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qömondonligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
«Yoşlar harbiy xizmat haqida töliq tuşunçaga ega bölmay, «Vatanparvar» körsatuvini körib, öqituvçilar tomonidan ötilgan mavzularni tasavvuriga keltirib, armiyaga borişga odatlandi. Yaqin ikki yil içida esa «Xalq va armiya yakdil» degan şior öz ma'nosida işlatila boşlandi. Harbiy texnikalar paradi ötkazildi, armiya kuç-qudrati namoyiş etilib, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş tizimi yölga qöyildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli qaroriga muvofiq, maktablarda maxsus harbiy vatanparvarlik xonalari taşkil etilib, 90 turdagi öquv körgazmali harbiy qurol va aslahalar bilan ta'minlanadigan böldi.
Bungaça, maktablarda çaqiruvga qadar tayyorlaş fanlari 10-sinf öquvçilariga 68 soat va 11-sinflarga esa 51 soat vaqt ajratilib, darslar körgazmali vositalarsiz nazariy taşkil etilib, yakunda esa uç kunlik dala yiğini ötkazilişi közda tutilgan bölsa-da, taşkil etilmadi. Endilikda mazkur jarayon Mudofaa işlari boşqarmasi va bölimlari tomonidan nazorat qilinadi. Öquv qurollari, harbiy aslahalar maketi va boşqa turdagi vositalarni yetkaziliş muddatlari haqida kelişib olindi», — deyiladi Markaziy harbiy okrug axborot xizmati xabarida.
Şuningdek, viloyatdagi umumta'lim maktablarda Vatan himoyasi yölida jon fido etgan öğlonlarga bağişlangan, jasorat oynasi taşkil etilmoqda.








