Bugun, 14 iyul kuni Koreyaga ketiş uçun topşiriladigan EPS-TOPIC imtihonlariga kiriş uçun koreys tilini biliş böyiça saralaş test sinovlari ötkazilmoqda

Saralaş test imtihonlarida jami 750 nafar nomzodning iştirok etişi belgilangan. Ular test sinoviga avvaldan şakllantirilgan röyxat asosida kiritiladi. Test sinovlari 14 iyul kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar bölib ötadi.

Imtihon jarayonining şaffofligini ta'minlaş maqsadida test ötkazilayotgan binoga va auditoriyaga 30dan ortiq kuzatuv kameralari, jarayonni töliq kuzatib boriş uçun maxsus aylanma videokameralar örnatilgan.

Şuningdek, imtihon jarayonlarini real vaqt davomida kuzatib boriş uçun Mehnat vazirligi saytida onlayn namoyiş uzatilmoqda.

Ma'lumot uçun, imtihonda koreys tilidan 40ta savol taqdim etiladi. Mazkur savollarning 20tasi matnli, 20tasi audio variant hisoblanadi. Test savollarini bajariş uçun 45 daqiqa ajratilgan. Imtihon 100 balli tizimda baholanib, har bir töğri javob uçun 2,5 ball beriladi.

Nomzod test savollarini bajarib bölgaç, testni yakunlaş tugmaçasini bosadi va şu zahoti monitor orqali qança ball töplaganini bilib oladi. Bundan taşqari, har bir nomzodning test natijalari qoğozda çop etilib, nomzodga taqdim etiladi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, bu bosqiçdan öta olgan 2 ming nafar talabgor Koreya tomonidan taşkil etiladigan EPS-TopiK testlariga kiriş huquqini qölga kiritadi. Koreya tomoni taşkil etadigan testlar esa şu yil kuzida ötkaziladi. Muddatiga keyinroq aniqlik kiritiladi.

Test imtihonlarini onlayn tarzda uşbu havola orqali kuzatişingiz mumkin: 

Kamera 1 (havolani bosing)
Kamera 2 (havolani bosing)
Kamera 3 (havolani bosing)