Germaniyada oddiy qoida mavjud: qança köp pul topsangiz, şunça köp soliq tölaysiz. Ammo qança?

Germaniyada eng talab yuqori kasblardan biri - dasturçilik. Statista portalining ma'lumot berişiça, hozirda dasturçi bir oyda örtaça 5000 yevro topadi. Soliqlar tölanganidan söng qölida qança pul qolişini uning misolida körib çiqamiz.

Germaniyada soliq stavkasi miqdoriga – u 14dan 42 foizgaça böladi – nafaqat maoş miqdori, balki oilaviy ahvol ham ta'sir qiladi. Biz körib çiqayotgan misolda 12,72 foizlik stavka uçraydi. Bu Germaniyada bolalar uçun ajratiladigan nafaqa soliqqa tortilmasligi natijasida yuzaga keladi. Oila qurmagan va farzandi bölmagan şaxslar oilalilarga nisbatan köproq soliq tölaşadi. Oilasiz va farzandsiz bölgan dasturçi bir oyda 5000 yevro topsa, barça soliq va ijtimoiy ajratmalardan söng uning qölida 2923,32 yevro qoladi. Oilasi va farzandlari bölgan hamkasbi qölida esa 3361,50 yevro qoladi.

Daromadning asosiy qismi daromad soliğini tölaşga ketadi - böydoqlar qariyb 21 foiz, oilalar 13 foiz atrofida tölaşadi.

Germaniyada işlaydigan har bir kişi yangi federal yerlar bilan birdamlik badalini tölaydi. Uning miqdori ham maoş miqdoriga boğliq. Oilasi bölmagan mutaxassis oilaliga nisbatan 3,5 baravar köproq – oylik maoşining 1 foizidan sal ortiqroq miqdorda badal tölaydi.

Ijtimoiy ajratmalarga esa oilaviy ahvol unçalik ham ta'sir körsatmaydi. Pensiya jamğarmasi, tibbiy suğurta, parvariş zaruriyati ehtimoli suğurtasi va işsizlik ehtimoli suğurtasi uçun böydoq dasturçi 997, oilali dasturçi esa 986 yevro tölaydi.

Natijada oilali dasturçining qölida maoşining 67 foizi, oilasiz dasturçining qölida esa maoşining 59 foizi qoladi.