“Mersedes” jamoasi poygaçisi Lyuis Xemilton “Formula-1” avtopoygasining 10-bosqiçi – Britaniya Gran-prisi ğolibi böldi.
Marra çiziğini ikkinçi bölib Hemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas kesib ötdi. 3-örinni “Ferrari” a'zosi Şarl Lekler egalladi. “Ferrari”ning yana bir a'zosi Sebastyan Fettel “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen bilan töqnaşuv uçun 10 soniyalik jarima bilan jazolangan va poyga natijasiga köra 16-örin, Ferstappen esa 5-örin egallagan.
Umumiy hisobda 223 oçko bilan Hemilton peşqadamlik qilmoqda. 2-örinni Bottas (184 oçko), 3-örinni Ferstappen (136) egallamoqda.
E'tiborlisi, Hemilton Britaniya bosqiçini faoliyatida 6 marta yutdi va bu natija rekord körsatkiç böldi. Avvalroq uşbu bosqiçda 5 martadan şotlandiyalik Jim Klark va fransuz Alen Prost ğalaba qozongan.
Poyganing keyingi bosqiçi 26-28 iyul kunlari Germaniyada bölib ötadi.












