2019 yil 14 iyul kuni soat 01:20larda Qoraqalpoğiston Respublikasining Çimboy tumanida yaşovçi 30 yoşli Kobeysin Yesemuratov qöşnisi 42 yoşli E.D. ismli ayolning uyi hovlisida uni qörqitib, ötkir tiğli jism bilan jarohatlagan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, bu şaxs 1 juft bijuteriya ziraklari, hisobida puli bölmagan bank plastik kartoçkasi va “Samsung” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yaşiringan.
Natijada E.D. kasalxonaga yotqizilib, K.Yesemuratovni uşlaş çoralari körilgan.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib bormoqda.
“Hurmatli fuqarolar, uşbu şaxs tomonidan boşqa turdagi jinoyatlar sodir etilişini oldini oliş maqsadida, Kobeysin Yesemuratov haqida biron-bir ma'lumotga ega bölsangiz, içki işlar organlarining hududiy bölimlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berişingizni söraymiz”, - deyiladi IIV xabarida.












