Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Karantin ostidagi mahsulotni olib qöyiş, qaytarib yuboriş va yöq qiliş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, karantin ostidagi mahsulot (poçta jönatmalari, qöl yuki va bagaj bilan birgalikda) qöyidagi joylarda ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan olib qöyiladi:

avtomobil yöllaridagi, temir yöl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi ösimliklar karantini çegara punktlari va poçtamtdagi ösimliklar karantini punktlarida;

Özbekiston Respublikasiga tegişli hududlardagi işlab çiqariş, saqlaş va sotiş joylarida.

Qöyidagi karantin ostidagi mahsulot olib qöyiladi:

ösimliklar karantini obektlari bilan zararlangan;

Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi taqiqlangan;

tegişli hujjatlari mavjud bölmagan, (karantin ruxsatnomasi, fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi).

Ötiş punktlarida karantin ostidagi mahsulotni olib qöyiş vaqtida ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan muvofiq şaklda karantin ostidagi mahsulotni olib qöyiş töğrisidagi dalolatnoma 3 nusxada tuziladi.

Olib qöyiş töğrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi karantin ostidagi mahsulotning egasi, uning vakili yoki karantin ostidagi yukni olib kelgan şaxsga, ikkinçisi zarur hollarda bojxona organining mas'ul xodimiga beriladi, uçinçisi ösimliklar karantini davlat inspektorida qoladi.

Özbekiston Respublikasi hududlarida işlab çiqariş, saqlaş va sotiş joylarida karantin ostidagi mahsulotni olib qöyiş töğrisidagi dalolatnoma ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan 2 nusxada tuziladi.

Olib qöyiş töğrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi karantin ostidagi mahsulotning egasi yoki uning vakiliga beriladi, ikkinçisi esa ösimliklar karantini davlat inspektorida qoladi.

Karantin ostidagi mahsulotni olib qöyiş töğrisidagi dalolatnoma tuzilayotgan vaqtning özida uşbu mahsulotga nisbatan qöllaniladigan tadbirlar amalga oşirilgunga qadar, ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan bojxona organi mansabdor şaxsi bilan hamkorlikda uni saqlab turişga doir çoralar belgilanadi.

Belgilangan holatlar amalga oşirilganda, 1 kun içida Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini boş davlat inspektoriga yozma ravişda xabar beriladi.

Ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan olib qöyilgan karantin ostidagi mahsulotdan örnatilgan tartibda namunalar olinadi va ular laboratoriya ekspertizasidan ötkaziş uçun yuboriladi.

Karantin ruxsatnomasi mavjud bölmagan hollarda karantin ostidagi mahsulotni olib qöyişda, ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan tuzilayotgan olib qöyiş töğrisidagi dalolatnomada karantin ostidagi yukning egasiga bir kun muddat içida ruxsat beruvçi hujjatlarni taqdim etilişi zaruriyati körsatib ötiladi.

Olib qöyilgan karantin ostidagi mahsulotga ruxsat beruvçi hujjatlar taqdim qilinganda va laboratoriya ekspertizasi xulosasiga köra ösimliklar karantin obektlari mavjud bölmagan taqdirdagina ösimliklar karantini davlat inspektorining körsatmasiga asosan yuk egasiga zudlik bilan qaytarib beriladi.

Ötiş joylarida olib qöyilgan karantin ostidagi mahsulot laboratoriya ekspertizasi xulosasiga köra, ösimliklar karantini davlat inspektorining yozma körsatmasiga asosan fitosanitar işlov beriladi va/yoki eksportyor davlatga qaytarib yuboriladi (qöl yuki va bagaj bundan mustasno).

Karantin ostidagi mahsulotni qaytarib yuboriş uçun ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan mazkur muvofiq şaklda qaytarib yuboriş töğrisidagi dalolatnoma 3 nusxada tuziladi.

Uning bir nusxasi karantin ostidagi mahsulotning egasi, uning vakili yoki karantin ostidagi yukni olib kelgan şaxsga, ikkinçisi bojxona organining mas'ul xodimiga beriladi, uçinçisi esa ösimliklar karantini davlat inspektorida qoladi.

Yukni qaytarib yuboriş bilan boğliq xarajatlar yuk egasi (yukni qabul qilib oluvçi) hisobidan qoplanadi.

Ösimliklar karantini obektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulot va qöl yuki yoki bagajdan olib qöyilgan karantin ostidagi mahsulotni qaytarişni yoki fitosanitar işlov berişni imkoni bölmagan taqdirda muvofiq yöq qilinadi.

Ösimliklar karantini obektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotni qaytarişni va/yoki fitosanitar işlov berişni imkoni bölmagan taqdirda ösimliklar karantini davlat inspektori tomonidan yöq qilinadi.

Karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar ösimliklar karantini davlat inspeksiyalari boşliği (komissiya raisi) tomonidan Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hududiy organlarining va tuman (şahar) Davlat sanitar-epidemiologik nazorat Markazi vakillarini jalb qilgan holda tarkibida kamida 5 kişidan iborat yöq qiliş komissiya tuziladi.

Ösimliklar karantini davlat inspektori Komissiyaga 3 kun mobaynida olib qöyiş töğrisidagi dalolatnomani, zarur bölgan hollarda karantin laboratoriyasi tomonidan berilgan laboratoriya ekspertizasi xulosasini ilova qilgan holda, yuboradi.

Olib qöyiş töğrisidagi dalolatnomaga asosan Komissiya tomonidan, muvofiq şaklda, ularning atrof muhit uçun zararsizligini hisobga olgan holda, karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş sanasi, usuli va joyini aniqlaş töğrisida qaror qabul qilinadi.

Ösimlik karantini obektlari tarqalişini va karantin ostidagi mahsulotini öğirlaş holatlarini oldini oliş maqsadida, ular komissiya tomonidan belgilangan maxsus joylarda saqlanadi.

Karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş işlari mahsulot egasi (qabul qilib oluvçi) yoki uning vakili iştirokida Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boşlab 5 kun muddat içida keçiktirmasdan amalga oşiriladi.

Hududiy inspeksiya Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boşlab 1 kun muddat içida mahsulot egasi (qabul qilib oluvçi) yoki uning vakiliga karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş sanasi, usuli va joyi haqida bildiradi. Mahsulot egasi (qabul qilib oluvçi) yoki uning vakili belgilangan joyiga kelmagan taqdirda, yöq qiliş jarayoni davom ettiriladi va bu haqida Komissiya tomonidan karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş töğrisidagi dalolatnomada belgilanadi.

Ösimliklar karantini obektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotni yöq qiliş Özbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat töğrisida”gi va “Çiqindilar töğrisida”gi Qonunlari talablariga muvofiq amalga oşiriladi.

Karantin ostidagi mahsulotni yöq qilişda uning iste'mol xususiyatlari töliq yöq qilinişi yoqiş va keyinçalik kömib taşlaş orqali ta'minlanişi şart.

Yöq qiliş jarayoni fotosurat yoki video yozuvga olinadi.

Zararlangan karantin ostidagi mahsulot yöq qilingandan söng, Komissiya tomonidan muvofiq şaklda yöq qiliş töğrisidagi dalolatnoma tuziladi.

Yöq qiliş töğrisidagi dalolatnoma 5 nusxada tuziladi va komissiya tomonidan imzolanib, karantin ostidagi mahsulot egasi (yukni qabul qilib oluvçi) yoki uning vakili iştirok etgan hollarda ularning imzolari bilan tasdiqlanadi.

Komissiyaning buyruği va qarorlari, şuningdek, fotosurat yoki videomateriallar nusxalari, yöq qiliş töğrisidagi dalolatnomani nusxalariga ilova qilingan holda, mahsulot egasi (yukni qabul qilib oluvçi) yoki uning vakiliga, Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining hududiy organlariga va tuman (şahar) Davlat sanitar-epidemiologik nazorat Markazi vakillariga yuboriladi.

Saqlaş, taşiş, yöq qiliş va kömib taşlaş bilan boğliq xarajatlar qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.