Rossiyada Özbekistondan kirgan, ammo majburiy karantindan ötmagan 1728 ta asalari ortilgan yuk maşinasi bir oydan beri qidirilmoqda.
Kanal ma’lumotlariga köra, yuk maşinasi aprel oyi boşida Astraxan viloyatidagi çegara punktidan ötgan. Şundan söng maşina Kurgan viloyatidagi qişloqqa karantinga yuborilişi kerak edi, biroq u manzilga yetib bormadi.
Kanalning ta’kidlaşiça, olib kirilgan asalarilar uçun karantin majburiy, çunki janubiy hududlardan kelgan haşarotlar «xavfli infeksiyalar va parazitlarni» tarqatişi mumkin.
Mahalliy aholining aytişiça, Kurgan viloyatidagi karantin hududi asalarilarni sanitariya muolajalari uçun qabul qilişga tayyor bölmagan. U yerda asalari uyalari va zarur jihozlar yöq.
Şundan söng, jamoatçilik vakillari «Rosselxoznadzor»ga murojaat qildi. Şuningdek, asalariçilar tomonidan IIV va prokuraturaga arizalar yuborilgan. Hozir yuk maşinasi va haydovçisi butun mamlakat böylab qidirilmoqda.
Ta’kidlanişiça, asalarilar kasallik va parazitlarning yaşirin taşuvçisi bölişi, nazoratsiz olib kirilsa, mahalliy asalari oilalarining ommaviy qirilişiga olib kelişi va asal işlab çiqarişga xavf tuğdirişi mumkin.












