Ma’lum qilinishicha, Ergashev Ibrohim Kenjaboyevich O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Ushbu tayinlovga qadar u Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga rahbarlik qilib kelgan. Faoliyati davomida fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, o‘simliklar karantini tizimini takomillashtirish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qilish hamda sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Yangi lavozimda Ibrohim Ergashev investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi kutilmoqda.