Ular ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzurida 2020/2021 öquv yilida taşkil etiladi, avvalboşdan ularni 2019/2020 öquv yilida taşkil etiş rejalaştirilgan edi, deb yozmoqda Norma.
Ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 6-sinfiga qabul qilişni ham 2020/2021 öquv yilidan boşlaydilar. Respublika oliy sport mahorati maktablarida öquv yili 1 yanvardan boşlanadi (qolgan sport maktablarida, ilgarigidek, 2 sentyabrdan boşlanadi).
Ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari (600 kişi) va Respublika ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida (750 kişi) öquvçilar soni böyiça amaldagi normativ 2019/2020 öquv yilda ham saqlanib qoladi. Keyinçalik RIOZMga 700 ta öquvçi qabul qiladilar. Toyloq IOZM umumiy kontingenti – 600 kişi.
Öquvçilarni ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga qabul qiliş, attestatsiyadan ötkaziş, ularning öqişini boşqa ta'lim muassasasiga köçiriş, şuningdek ovqatlantiriş xarajatlarini qisman qoplaş uçun ota-onalar tölovi tölaşning umumiy tartibi sportning olimpiya va milliy turlari böyiça davlat ixtisoslaştirilgan maktab- internatlariga tatbiq etilgan. Bunda ular 5-sinfdan qabul qilinadi, kam ta'minlanganlar esa öquvçilar umumiy sonining 15%i doirasida ota-onalar tölovini tölaşdan ozod etiladi.
Endi olimpiya zaxiralari sport maktablari direktori lavozimiga nomzodlar Milliy olimpiya qömitasi bilan kelişilmaydi, biroq uning vakillari saylaş, tayinlaş va attestatsiyadan ötkazişda iştirok etadi. Şuningdek, MOQ olimpiya zaxiralari markazlariga nisbatan taşkiliy-tasarruf etiş vakolatlaridan mahrum böldi.
Olimpiya zaxiralari maktab-internati binolari, inşootlari va jihozlarini joriy ta'mirlaş va xizmat körsatiş böyiça texnik xodimlar ştat birliklarini kiritiş normativlari va öquvçilar uçun sutkalik oziq-ovqat normasiga (buğdoy maysalari kukuni mahsuloti qöşildi) biroz tuzatiş kiritildi.
Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bitiruvçilariga trenerlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun attestatsiyadan ötkazişni soddalaştirdilar. Ta'lim muassasalarini tamomlagandan keyin uç yil mobaynida ular attestatsiyaning I (bazaviy nazariy bilimlarni baholaş) va II (sportning ommalaştirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari böyiça sinovdan ötiş) bosqiçidan ötgan deb hisoblanadilar. Boşqa OTMlarining jismoniy tarbiya-sport fakultetlarini tamomlaganlar uçun şart özgarmadi, ular faqat attestatsiyaning I bosqiçidan ozod etiladilar.
Hujjat 13.07.2019 yildan kuçga kirdi.
Olimpiya zaxiralari markazlari bir yil keyin oçiladigan böldi












