«Özbekiston poçtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan 2019 yil 11 iyuldan «Özbekiston ne'matlari» poçta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga köra, turkum 3 ta poçta markasidan iborat bölib, kiçik varaq körinişida çop etilgan. Poçta markalarida Özbekistonning yaxşi va qulay tabiiy-iqlim şaroitida ösadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.
Poçta markalari bir neça rangda işlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qoğozi oq silliq. Poçta markalarning ölçami 40×40 mm (aylana bilan). Kiçik varaqning ölçami 160×80 mm. Poçta markalarning adadi 8 ming nusxadan.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar örnatilgan.
1363. «Morus nigra» (Şotut) Nominali – 1800 söm
1364. «Malum» (Olma) Nominali – 3200 söm
1365. «Pyrus» (Nok) Nominali – 3600 söm.












