Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida poytaxtning Yunusobod tumanida joylaşgan poçta bölimida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Toşkent viloyati Toşkent tumanida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan şaxs Hindistondan yuborilgan poçta jönatmasini qabul qilib olganidan söng töxtatilib, belgilangan tartibda tekşirildi.
Tekşiruv natijasida jönatma içida tarkibida jami 1,8 kilogramm «Pregabalin» kuçli ta’sir qiluvçi moddasi mavjud bölgan 6000 dona kapsula borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni kuçli ta’sir qiluvçi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq holatlarga duç kelganda yoki bu haqda ma’lumotga ega bölganda, DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Qayd etilişiça, murojaat etuvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.













