Soğliqni saqlaş vazirligi 2019 yil 5 aprelda tuğilgan M.N.ning ölimi yuzasidan dastlabki örganiş natijalariga köra ma'lumot berdi.
«Darhaqiqat, M.N. 2019 yil 12 iyul kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikada poliomelit, rotavirus va pnevmokokkga qarşi emlanadi. Emlaş işlari poliklinika emlaş hamşirasi M. Rahmatova tomonidan amalga oşirilgan. Şundan söng, ikki kun davomida bolaning tana harorati 38 darajaga kötarilgan. 15 iyul tonggi soat 3:00-5:00da vaziyat yomonlaşgaç, tez yordam çaqirilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi kelganda çaqaloq vafot etgan bölgan.
Bolaga emlaş jarayonida qöllangan vaksinalar xususiyatlarini inobatga olgan holda, aytiş mumkinki, emlaşdan keyin tana harorati 38 darajada bölişi tabiiy holat. Uşbu harorat juda kam hollarda bolaning markaziy asab tizimiga ta'sir qilişi mumkin. Bundan taşqari, uyda 2-3 kun davomida nima sodir bölgani, çaqaloq qanday şaroitda parvariş qilingani, unda qanday qöşimça salbiy ta'sirlar kuzatilgani ham hali ma'lum emas.
Aniqlanişiça, 12 iyul kuni poytaxtimizdagi 40-oilaviy poliklinika emlaş xonasida 51 nafar bolada emlaş amalga oşirilgan bölib, ularning birortasida ham emlaşdan söng reaksiyalar qayd etilmagan.
Ta'kidlaş joizki, mamlakatimizda milliy emlaş kalendari asosida har oyda 2 yarim million nafar bola vaksinalar bilan emlanadi va ularning emlaşdan keyingi holati tizimli ravişda örganib boriladi. Eng muhimi, yurtimizda şu paytgaça uşbu vaksinalar bilan boğliq salbiy holatlar biror marta bölsa-da, röyxatga olinmagan. Jumladan, poliomiyelit va pnevmokokka qarşi vaksinalarga umuman tibbiy çeklov yöq, ular ölim bilan boğliq asoratlarni umuman keltirib çiqarmaydi. Bu Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining nufuzli ekspertlari tomonidan ötkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan», – deydi Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitar epidemiologiya nazorati boş boşqarmasi boşliği Dilmurod Mirzaboyev.
Bundan taşqari, emlaş işlarini amalga oşirişda foydalaniladigan, jahon tibbiyoti amaliyotida keng qöllanayotgan samarali va eng sifatli emlaş vositalari BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) va boşqa xalqaro taşkilotlar sertifikati asosida mamlakatimizga olib kelinib, tegişli tartibda qayta tibbiy-laborator sinovlardan ötkaziladi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan sertifikat bilan kafolatlanadi va sovuqlik zanjiri tizimiga rioya etilgan holda joylardagi emlaş punktlariga yetkaziladi. Emlaş muolajalari şahar va tumanlarda aholiga biriktirilgan oilaviy poliklinika, çekka joylarda esa qişloq oilaviy poliklinikalari va vraçlik punktlarida malakali şifokor körigidan ötilgaç, maxsus öqitilib, tegişli ruxsatnoma olgan hamşiralar tomonidan bepul amalga oşiriladi.
Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga köra, M.N.ning ölimiga emlaş sabab bölmagan. Şu örinda qayd etiş joizki, Özbekiston Respublikasining milliy profilaktik emlaş kalendari va Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği asosida har bir emlangan bola 3 kun davomida patronaj hamşirasi tomonidan xabar olinişi zarur. Şundan kelib çiqqan holda, hamşiralar bolani emlanganidan söng ma'lum vaqt nazoratga olmagani holati örganilib, öz işiga loqaydlik bilan qaragan tibbiyot xodimlariga nisbatan qat'iy çoralar köriladi. Ayni paytda M.N.ning ölim sababini aniqlaştiriş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilmoqda.
Aniqlangan holat yuzasidan qöşimça axborot beriladi», Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.












