Eron 18 iyulda uşlanganini ma'lum qilgan xorijiy tanker BAAning 14 iyulda yöqolib qolgan kemasi bölib çiqdi.
Associated Press axborot agentligining xabar berişiça, Eron televideniyesi uşlangan tanker aks etgan videoni namoyiş qilgan. Kemada BAAda qayd qilingan Riah tankeriga tegişli raqam tuşirilgan bölgan.
Avvalroq Eron Islom inqilobi soqçilari korpusi yonilği kontrabandasida gumon qilingan xorijiy tanker uşlanganini, ekipajning 12 a'zosi hibsga olinganini ma'lum qilgan. Biroq tanker qaysi davlatga tegişli ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Eron OAV ma'lumotlariga köra, tanker eronlik kontrabandaçilardan xorijiy xaridorlarga yonilği olib ketayotgan bölgan.
14 iyulda Panama bayroği ostida suzgan Riah tankeri Hurmuz böğozidan ötayotib, Eron tomon yönalişni özgartirgan, söngra öz örni haqida ma'lumotlar bermay qöygan.
Keyinroq Tehronda tankerda texnik nosozliklar yuz bergani, Eron unga yordamga kelib, uni öz hududiga olib ketgani ma'lum qilingan.












