Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan yangi tartib örnatilmoqda va unga köra:
a) 2020 yilning 1 yanvariga qadar «Özavtosanoat» AJ va tarkibida «Özavtosanoat» AJ uluşi bölgan korxonalar, original işlab çiqaruvi (OEM) tomonidan nominatsiya qilingan (belgilangan) yoki tavsiya etilgan yetkazib beruvçilar yoki avtomobillar lisenziarlari yoki şunday talab avtomobil işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça doiraviy, lisenzion va institutsion bitimlar, şuningdek, sanoat namunalarini işlab çiqiş va loyihalaştiriş, avtomobil mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça loyihalarni amalga oşirişda texnik kömak körsatiş böyiça bitimlar orqali örnatilgan bölsa tovarlar (işlar, xizmatlar) davlat xaridi böyiça texnik şartlar Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import şartnomalarini kompleks ekspertizasi markazi» DUKda ekspertizadan ötkazilmaydi;
b) «UzAutoMotors» AJning 2019 yilning 1 oktyabridan keyin tuziladigan şartnomalar böyiça avtomobillariga aksiz soliği bekor qilinadi;
v) 2019 yilning 1 oktyabridan milliy işlab çiqaruvçilarning yangi avtotransport vositasini xarid qilganlik uçun yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanadi;
g) «Özavtosanoat» AJ va uning tuzilmasiga kiruvçi korxonalarning profilli bölmagan aktivlari quyidagiça sotilişi mumkin:
· «E-IJRO AUKSION» savdo maydonçasida ularning qiymatini baholamasdan, qöşilgan qiymat soliği hisobga olinganda ularning balans qiymatiga teng bölgan boşlanğiç narxda (köçmas mulk uçun) va haqiqiy qiymatida (xöjalik yurituvçi jamiyatlardagi uluşlar va aksiyalar paketi uçun) auksionga çiqariş yöli bilan;
· Savdoga çiqarilganidan söng ikki oy içida talabgorlar bölmasa, boşlanğiç narxini qadam-baqadam pasaytirib boriş yöli bilan.












