Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yaşirinça olib kirişga bölgan urinişlarga bojxona organlari tomonidan tizimli ravişda kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Toşkent xalqaro aeroportiga xorijdan uçib kelgan fuqarolar R.K., X.X. va X.F.larning xatti-harakatlari bojxonaçilar e'tiborini tortdi va uşbu şaxslar xolislar iştirokida belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi.
Natijada, ularning yuklari orasidan bojxona yuk deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 15,4 million sömga teng bölgan 969 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












