Joriy öquv mavsumidan Özbekistonda yagona öquvçi formasi joriy etilişi nazarda tutilgandi. Ammo hukumatning tegişli qaroriga özgartiriş kiritildi, yagona va majburiy formani joriy etiş masalasi esa 5 yilga keçiktirildi.
Bundan taşqari, maktab direktorlari yagona maktab formasi savdosini taşkil etişi taqiqlandi.
Özgarişlar ketidan yagona maktab formasini tayyorlab, bozorga çiqişga tayyor turgan tikuvçi-tadbirkorlar norozi bölişmoqda. Ular zaxira matolar allaqaçon sotib olingani, tikuv işlari boşlangani, ammo istiqboldagi xaridorlar yöqligidan xavotirda. Uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi raisi Ilhom Haydarov bilan suhbatlaşdik.
Video: Youtube
«Töqimaçilik sanoatida işlab çiqariş işida katta muammo paydo bölmaydi, eng katta masala esa mahsulotni sotişda körinadi. Tadbirkorlar töğri ta'kidlayaptiki, xarajatlar qilindi, zaxira matolar xarid qilindi», — deydi «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi raisi Ilhom Haydarov.
Uning aytişiça, hukumat qarori qabul qilinişi bilan u majburiy xarakterga ega bölmadi. Yagona maktab formasini tanlab, uni amaliyotga joriy etiş uçun köp sinov va takliflar körib çiqildi.
«Adaşmasam, 100ga yaqin dizaynlar körildi. Şaxsiy fikrim sifatida oçiğini aytaman, masalan ota sifatida mening nazarimda eng mos va zöri forma tanlandi, deya olmayman. Men xohlardimki, öquvçilar trikotaj matodan işlangan formada yursa, bolalar harakatlanişda qiynalmaydi. Uni yuvib, tozalab kiyaversa böladi, köylak va kostyum öziga yaraşa parvariş talab etadi», — deydi u.
Raisning ta'kidlaşiça, trikotaj matodan tikilgan formalar narx va sifat jihatdan ustun va voyaga yetmagan ösmirlar soğliği uçun salbiy ta'siri yöq. Haydarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli miş-mişlarni inkor etib, maktab formasini joriy etişda kimgadir monopol huquqi berilmaganini ta'kidladi.
«Töqimaçilik sohasida işlab yurgan korxona vakillari uyuşma huzurida taşkil etilgan dizayn markazida öqib, malaka oşirdi. Mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va soliq tuşumini saqlab qoliş uçun hokimlar ham öz hududida bölgan tikuvçining işlaşidan manfaatdor edi. Umuman 218ta korxona tanlab olindi. 1,5 million nafar öquvçi uçun mato zaxirasi şakllantirildi, 600 ming uçun forma allaqaçon tikilgandi. Mato bölsa, undan forma tikiş faqat vaqt masalasi. Zaruriyat bölsa, iş 3 smenada taşkil etiladi»,

















