Özbekiston milliy jamoasining sobiq yarimhimoyaçilari Aziz Haydarov va Temur Kapadze faoliyatini ÖFA tizimida davom ettiradi.
Assotsiatsiya rasmiy saytiga köra, Haydarov ÖFA Terma jamoalar bölimida iş boşlamoqda. Unga turli yoşdagi barça terma jamoalar işini muvofiqlaştiriş vazifasi topşirilgan.
Kapadze esa ÖFAning seleksiya işlariga boş böladi.

Eslatib ötamiz, Aziz Haydarov yil boşidan buyon «Lokomotiv»da öynab kelayotgan, ötgan haftada futbolçilik faoliyatiga yakun yasagani e'lon qilingan edi.
Temur Kapadze esa 2017 yil oxirida butsalarini mixga ilib, 2018 yil fevralida Özbekiston milliy jamoasiga vaqtinçalik boş murabbiy etib tayinlangan va termani 4ta öyinda maydonga boşlab tuşgan edi. Öşa yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamçi murabbiy sifatida iş boşlagandi.
Avvalroq Kapadze Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga işga ötayotgani, «Paxtakor» boş murabbiyi Şota Arveladze klubning yoşlar jamoasidan köngli tölmayotgani bois uni «şerlar» örinbosarlariga ustozlik qilişga taklif etganini ma'lum qilgandi.












