Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasini tartibga soliş maqsadida “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimi yaratilgan va unda quyidagi imkoniyatlar şakllangan:
- barça notarial harakatlar tizim orqali onlayn tarzda monitoring qilinişi, noqonuniy faoliyatning tizim orqali töxtatilişi hamda fuqarolarning şaxsini zamonaviy tekşiriş usullarining qöllanilişi;
- notarial harakatlarning elektron tizimda majburiy qayd etilişi va har bir hujjatga takrorlanmaydigan maxsus raqam berilişi, şu orqali suiiste'molçiliklarning oldi olinişi;
- bajarilgan notarial harakatlar yagona elektron bazada qayd qilinişi va şu bilan soxta notarial hujjatlarning rasmiylaştirilişini oldi olinişi va hujjatlar haqidagi ma'lumotlar tarixi saqlanişi;
- mamlakatning butun hududi böylab notarial xizmatlar körsatişning sifati va tezkorligi, xodimlar tomonidan öz funksional vazifalarini lozim darajada bajarilişi ustidan masofadan nazorat qilinişi;
- notarial harakatlar uçun tölovlarning avtomatik tarzda hisoblanişi va elektron tölovlarni ötkaziş imkoniyatlari bilan birga ularni tasdiqlovçi xabarlarning yuboriliş funksiyalari hamda idoralararo axborot almaşiş elektron tizimi yölga qöyilgan.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat töğrisidagi ma'lumotlarni yiğiş, ularga işlov beriş jarayonlarini kompleks avtomatlaştiriş hamda notarial harakatlarni amalga oşirişga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barça turlarini ta'minlaş maqsadida “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimini texnik ta'minlaş va yuritişga mas'ul hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 1 yanvardan davlat notarial idoralarini bosqiçma-bosqiç nodavlat notarial idoralari etib qayta taşkil etiş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Belgilanişiça:
- davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralari etib qayta taşkil etiş adliya organlarida nodavlat notarial idoralarni röyxatdan ötkaziş, şuningdek faoliyat yuritayotgan notariuslarga ularning arizalariga asosan notarial faoliyat bilan şuğullaniş huquqini beruvçi litsenziya beriş orqali amalga oşiriladi;
- tegişli notarial okrugda qonun hujjatlariga muvofiq yetarli miqdordagi nodavlat notarial idoralari taşkil etilguniga qadar davlat notarial idoralari öz faoliyatini davom ettiradi;
- nodavlat notarial idoralari notijorat taşkiloti körinişidagi muassasa hisoblanadi;
- fuqarolarni notarius kasbiy majburiyatlarini buzişi natijasida yetkaziladigan zarardan muhofaza qiliş maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi suğurtalanadi;
- nodavlat notarial idoralarini davlat röyxatidan ötkaziş adliya organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Quyidagilar nodavlat notarial idoralari faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:
- notarial harakatlarni amalga oşirganligi uçun undiriladigan davlat boji summasining Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorida nodavlat notarial idoralarida qoladigan qismi;
- huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar amalga oşirilganlik, şuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar körsatilganlik uçun olinadigan tölovlar;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.












