Eronda AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi bilan hamkorlik qilgan 17 kişiga sud hukmi çiqarildi, deb xabar berdi Eron axborot vazirligi.

Josuslikka qarşi kuraşiş boşqarmasi boş direktorining ma'lum qilişiça, ularning ayrimlari ölim jazosiga hukm qilingan.

Bundan taşqari, mahkumlar bilan aloqada bölgan MRB xodimlarining suratlari ham e'lon qilingan.

Avvalroq Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Şamxaniy mamlakatda Vaşington nazorati ostida bölgan kibertarmoq foş qilinganini bildirgandi.