Aholi örtasida suğurta xizmatlarini yanada ommalaştiriş, suğurtaning majburiy va ixtiyoriy turlariga respublikaning çekka hududlarini ham jalb etiş maqsadida «Özbekinvest» milliy suğurta kompaniyasi tomonidan ötkazilgan «Mobil suğurta böyiça eng yaxşi xodim» tanlovi ğoliblari aniqlandi.

Oxirgi yillarda «Özbekinvest» kompaniyasi tomonidan jismoniy şaxslar bilan işlaş, suğurta tizimiga şahar va qişloq aholisini faol jalb qilişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda suğurta xizmatlari qamrovini yanada kengaytiriş, körsatilayotgan xizmatlarning aholi uçun qulay va tezkorligini ta'minlaşda mobil suğurta xodimlari muhim rol öynaydi. Mobil suğurta xodimlari malakasini oşiriş va doimiy rağbatlantiriş, tabiiyki, ularning iş sifatiga ijobiy ta'sir etadi. Uşbu jihatlar inobatga olinib, «Özbekinvest» kompaniyasi tomonidan mobil suğurta xodimlarining eng yaxşilarini taqdirlaş maqsadida tanlov e'lon qilingan edi.

Ta'kidlaş joizki, kompaniya tomonidan suğurta himoyasining afzalliklarini tuşuntiriş böyiça olib borilayotgan tadbirlar natijasida oxirgi yillarda aholi örtasida suğurta xizmatlariga bölgan qiziqiş va talab ortib bormoqda.

Suğurta xizmatlari sifatini oşiriş va hududlarda faoliyat geografiyasini kengaytiriş, yangi va jozibador suğurta mahsulotlarini joriy etiş hamda jismoniy va yuridik şaxslar kesimida faol suğurta faoliyatini yuritiş natijasida joriy yilning ötgan 6 oyi davomida kompaniya tomonidan qariyb 153 mlrd. söm hajmda suğurta mukofotlari yiğilgan va 2018 yilning şu davriga nisbatan ösiş 135,5 foizni taşkil etgan. Şundan faqat jismoniy şaxslar kesimida yiğilgan suğurta mukofotlari hajmi esa 18,6 mlrd. sömni yoki ötgan yilga nisbatan 2 barobar köpni taşkil etgan.

Kompaniya tizimida jismoniy şaxslar bilan işlaş böyiça yondaşuvning tubdan yaxşilanişi natijasida joriy yilning ötgan davri mobaynida faqat jismoniy şaxslar bilan tuzilgan suğurta şartnomalari soni 243 mingdan ortiqni yoki ötgan yilning şu davriga nisbatan ösiş 152 foizni taşkil etgan.

2019 yilning 19 iyul kuni uşbu tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi va unda eng yaxşi mobil suğurta xodimlariga qimmatbaho sovğalar taqdim etildi.

1-örin – Ibragimova Orzigul Otajon qizi, Andijon viloyati (muzlatgiç);

2-örin – Mamatova Yulduzxon Abdusalomovna, Andijon viloyati (43 diagonalli televizor);

3-örin – Norbötayeva Navbahor Xolmöminovna, Samarqand viloyati (gaz plitasi).

«Özbekinvest» EIMSK Axborot xizmati