Tadbirda kompaniya rahbariyati va xodimlari, şuningdek, mehmon sifatida taniqli özbek yozuvçisi Nurali Qobul iştirok etdi.
Özbek tilining milliy özlikni anglaş va tarixiy xotirani saqlaşdagi örni, mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning ona tilimiz rivojiga qöşgan hissasi tadbirdagi asosiy mavzulardan böldi. Ayniqsa sönggi yillarda mamlakatimizda davlat tilining nufuzini yuksaltiriş, uni ijtimoiy-siyosiy hayotning barça sohalarida tölaqonli qöllaş, davlat organlari va taşkilotlarida iş yuritişni davlat tilida samarali taşkil etiş hamda davlat tili töğrisidagi qonunçilik talablariga sözsiz rioya etilişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Şu bilan birga, özbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi örni, uning amalda keng qöllanişi masalalari xalqaro miqyosda ham eʼtibor qaratilayotgan mavzulardan biri ekani qayd etildi.
Dasturdan örin olgan davra suhbatida yozuvçi Nurali Qobul bilan xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini kelajak avlodlarga yetkaziş, ajdodlarimiz qoldirgan maʼnaviy boylikni qadrlaş hamda adabiyotning jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida fikr almaşildi. Şuningdek, adibning ijodiy faoliyati va asarlarida tarixiy voqealarning badiiy talqini haqida söz yuritildi. Kompaniya xodimlari özlarini qiziqtirgan savollar bilan yozuvçiga murojaat qilişdi.
Bayram tadbiri doirasida kompaniya xodimlari örtasida Alişer Navoiy ğazallarini aytiş böyiça muşoira hamda özbek adiblarining nasriy asarlaridan öqilgan parçalar asosida ularning mualliflarini aniqlaşga bağişlangan adabiy viktorina ötkazildi. Ğoliblar sovrinlar bilan taqdirlandi.
Kompaniyada şakllangan anʼanaga muvofiq, barça xodimlarga özbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar sovğa qilindi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida













