«uzA++» reytingi milliy şkala böyiça moliyaviy barqarorlikning eng yuqori bahosi hisoblanib, kompaniyaning suğurta qildiruvçilar oldidagi majburiyatlarini öz vaqtida va töliq hajmda bajariş qobiliyati nihoyatda yuqori ekanini körsatadi.
Agentlik bahosiga köra, reytingning maksimal darajasi «Özbekinvest»ning Özbekiston suğurta bozoridagi yetakçi mavqei, suğurta biznesining barqaror ösişi, kapitallaşuv darajasining yuqoriligi, salmoqli investitsiya portfeli, korporativ boşqaruv va risk-menejment tizimining samaradorligi, şuningdek, Moody’s va A.M. Best xalqaro reytinglari hamda ISO 9001:2015 sertifikatiga egaligi bilan izohlanadi.
2025-yil yakunlariga köra, kompaniyaning suğurta mukofotlari hajmi 27,9 foizga oşib, 1,61 trln sömga yetdi, aktivlari 2,57 trln sömgaça, sof foydasi esa 55,1 mlrd sömgaça ösdi.
Kompaniyaning milliy reyting bahosi yuqori xalqaro reytinglar bilan ham mustahkamlanmoqda. 2026-yil iyul oyida Moody’s Ratings «Özbekinvest»ning moliyaviy barqarorlik reytingini «Barqaror» prognozi bilan «Ba1» darajasiga oşirdi va bugungi kunda kompaniya Özbekistonda bunday darajadagi bahoga ega yagona moliya instituti hisoblanadi. A.M. Best ham kompaniyaning moliyaviy barqarorligini «B» darajasida, emitentning uzoq muddatli kredit reytingini esa «bb» darajasida «Barqaror» prognozi bilan baholagan.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida











